|
Kuch momenti, quvvat va energiya orasida qanday bogʻlanish mavjud?
|
bet | 2/3 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 0,61 Mb. | | #122971 |
Bog'liq xusanov fizika 16Kuch momenti, quvvat va energiya orasida qanday bogʻlanish mavjud?
Kuch momenti, quvvat va energiya oʻrtasida biroz chalkashlik mavjud. Masalan, dvigatelning kuch momenti baʼzan notoʻgʻri ravishda “burilish quvvati” deb tasvirlanadi.
Kuch momenti va energiyaning birliklari bir xil (yaʼni ularning birliklari XBS ga koʻra bir xil), biroq ular aynan bitta narsani ifodalamaydi. Ularning farqi kuch momenti vektor kattalik boʻlib, u faqatgina aylanish oʻqiga ega boʻlgan sistemalarda mavjud.
Biroq quvvat, agar aylanish tezligi maʼlum boʻlsa, kuch momenti yordamida hisoblanishi mumkin. Aslini olganda, motor va dvigatellarning quvvati (ot kuchi) toʻgʻridan toʻgʻri hisoblanmaydi, balki kuch momenti va aylanish tezligi yordamida topiladi.
Ot kuchi bilan bir qatorda maksimal kuch momenti ham transport vositasining muhim texnik xususiyatlardan biridir. Amalda maksimal kuch momenti tranportning qanday tezlanish olishi va qancha yuk koʻtara olishini xarakterlaydi. Ot kuchi esa (ogʻirlik kuchiga nisbatan) koʻproq transportning maksimal tezligini ifodalaydi.
Maksimal kuch momenti va ot kuchi transportning muhim umumiy xususiyatlari boʻlishiga qaramay, ular transport vositasining umumiy harakatiga doir hisoblashlarni amalga oshirishda cheklangan maqsadda qoʻllanishini tan olish kerak. Buning sababi shuki, amalda ularning ikkalasi ham aylanish tezligining funksiyasi hisoblanadi. Umumiy bogʻlanish chiziqli boʻlmasligi mumkin va 4-rasmda koʻrsatilgandek motorning turiga qarab farq qiladi.
Biz qanday qilib kuch momentini orttirishimiz yoki kamaytirishimiz mumkin?
Motorning qoʻllanish sohasini oshirish uchun uning kuch momentini oshirish va kamaytirish muhim. Richag kuch yelkasi yordamida kuchning qiymatini oshirishi yoki kamaytirishi mumkin. Xuddi shunga oʻxshab, dvigatelning kuch momenti uzatmalar yordamida oʻzgartirilishi mumkin. Kuch momentining (yoki avtomobil tortish kuchining) ortishi aylanma harakat tezligi kamayishi evaziga sodir boʻladi. Tishli uzatmalarning bir-biriga tegib turgan qismini xuddi bir yelkasi birlashtirilgan ikkita richagga oʻxshatish mumkin.
Aylanma harakat uzatmalaridan foydalanish yonish dvigatellari bilan ishlaydigan transport vositalari yaxshi ishlashi uchun zarur. Ushbu dvigatellar maksimal kuch momentiga faqat yuqori aylanish tezligining kichik oraligʻida erishadi. Aylanma harakat uzatmalari ixtiyoriy aylanma harakat tezligida maksimalga yaqin kuch momentiga erishishni taʼminlaydi.
Odamlar velosipedni toʻgʻridan toʻgʻri haydashda imkoniyati yetmagani sababli va velosipedni haydashda foydali ish koeffitsiyentini oshirish uchun uzatmalardan foydalanamiz.
Odatda aylanma harakat uzatmalari bugʻ dvigatellari va elektr dvigatellarida qoʻllanmaydi. Ikkala holda ham maksimal quvvat mavjud va katta tezlik oraligʻida u oʻzgarmas hisoblanadi.
Quyidagicha tajriba o‘tkazib ko‘raylik. G‘ildirakni olib, undan qo‘zg‘almas o‘q o‘tkazaylik. G‘ildirak o‘qiga F kuchni rasmda ko‘rsatilganidek 1 nuqtaga ta’sir ettiraylik.
G‘ildirak harakat qilmaydi. Endi shu kuchni 2 nuqtaga qo‘yaylik.
G‘ildirak harakatga keladi. F kuchni aylanish o‘qidan yanada uzoqroqqa qo‘ysak, g‘ildirak shunchalik tez aylanadi. Demak, aylanish o‘qiga ega bo‘lgan jismlarning harakati faqat unga qo‘yilgan kuch kattaligiga bog‘liq bo‘lmasdan, balki kuchni aylanish o‘qidan qancha uzoqlikka qo‘yil ganligiga ham bog‘liq bo‘lar ekan. Aylanish o‘qidan kuch qo‘yilgan nuqtagacha bo‘lgan eng qisqa masofa kuch yelkasi deb ataladi.
|
| |