• Vaqtni idrok qilish
  • Mustaqil ishi idrok reja




    Download 9.34 Mb.
    bet2/3
    Sana31.01.2023
    Hajmi9.34 Mb.
    #40383
    1   2   3
    Bog'liq
    Idrok
    gromov-t, Sarvinoz Allayorovna. Die aktuellen Herausforderungen, Munavvar Qori Abdurashidxonovniong pedagogik qarashlari, Mirjalol kurs ishi 1, Academic-Data-304211100769, topshiriqlar, 111111111111, 2022 yil 18-iyunga qadar fanlar, 15 мажбурий, tipik masala, B2-English-test-with-answers, Axmatqulova Muborak, SHAYBONIYLAR VA ASHTARXONIYLAR DAVRIDA MADANIYAT VA ADABIYOT, zaripov, Marketing va uning asosiy vazifalari[1]
    Idrokning turlari.
    Idrok quyidagi turlarga bo‘linadi;
    • Idrok jarayonida qaysi analizatorning yetakchi rol o‘ynashiga qarab; ko‘rish, eshitish, hid bilish, teri, ta’m bilish, harakat idroklariga;
    • Materiyaning yashash shakllariga qarab; fazoni, vaqtni, harakatni idrok qilishga;
    • Faolligiga qarab; ixtiyoriy va ixtiyorsiz kabi idroklarga bo‘linadi.

    • Idrok sezgi bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lib analizatorlarning joylashuviga ko‘ra ko‘rish idroki, eshitish idroki, hid bilish idroki, ta’m bilish idroki, tuyish va hokazolarga bo’linadi. Faolligiga ko‘ra ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlarga bo‘linadi.
      Idrok ixtiyorsiz va ixtiyoriy degan xillarga ham ajraladi. Ixtiyorsiz idrokda narsalar odamning ongida avvaldan maqsad qo‘yilmagan holda aks ettiriladi. Odatda narsa va hodisalarning tashqi xususiyatlari, kishining xis-tuyg’ulariga ta’sir etishi ixtiyorsiz idrokni vujudga keltiradi. Ixtiyoriy idrokda odam o‘z oldiga muayyan maqsad, vazifa qo‘ygan bo‘ladi. Ixtiyoriy idrokda odam shunchaki eshitmaydi, balki tinglaydi, shunchaki ko’zdan kechirmaydi, balki sinchiklab ko’radi. Ixtiyoriy idrok ko‘p hollarda biron faoliyatning tarkibiga kirgan bo‘ladi. Kuzatish ixtiyoriy idrokning turlaridan biri hisoblanadi. Kuzatish maqsadga qaratilgan, uyushgan, ozmi-ko‘pmi ko‘proq vaqt davom etadigan idrokdir.

    Vaqtni idrok qilish deyilganda, hodisalar ketma-ketligi va davomiyligini miyada aks etishi tushuniladi. Hodisalarning vaqt jihatidan yondosh ta’sir ko‘rsatishlari sababli shartli refleks bog‘lanishlarining vujudga kelishi bilan natijada hodisalar miyada izchil aks etadi. Chaqmoq chaqishi bilan momaqaldiroq va bulut bilan yomg‘ir o‘zaro sabab natija aloqalariga ko‘ra ham, shuning bilan birga, o‘zaro muayyan tartibda va faqat vaqt jihatdan bog‘lanishiga ko‘ra ham aks etishi mumkin. Ijtimoiy hayot jarayonida insoniyat vaqt o‘lchovlari sistemasini – sekund, minut, soat, kun, hafta, oy, yil, asr va hokazolarni ishlab chiqqan bo‘lib, bularni bilishga o‘rgatish kishilarning savodini oshirishda g‘oyat muhim vazifadir. Narsalar fazoda o‘z joyini o‘zgartirib turadi. Bu holning miyamizda aks etishi psixologiyada harakatni idrok qilish deb ataladi. Agar narsa fazoda harakatda bo‘lsa, biz uning harakatini idrok qilamiz, harakatdagi narsa yaxshiroq ko‘rish (eshitish) doirasidan chetga chiqaverishi sababli ham biz uni e’tibordan qochirmaslik uchun, unga tomon qaraymiz hamda boshimizni buramiz.

    Download 9.34 Mb.
    1   2   3




    Download 9.34 Mb.