• Tenglamalarni sonli va simvolli yechish.
  • Sonli yechish.
  • 4.11-rasm. Tenglamani simvolli yechish. 4.12-rasm. Tenglamani sonli yechish va uning grafigini qurish.
  • Tenglamalar tizimini yechish.
  • 4.13-rasm. Chiziqsiz tenglamalar tizimini yechish.
  • Foydalanilgan adabiyotlar
  • Mustaqil ishi mavzu: mathcadda algebraik tenglamalar




    Download 0.9 Mb.
    Sana16.05.2023
    Hajmi0.9 Mb.
    #60614
    Bog'liq
    musish1(1)
    4-AMALIY, 2-лекция (2), 2,3,4,7,5 sinf matematikadan testlar(@Elektron kitoblar N1), Полупроводник lab-praktikum1, 2021 Тулиновская конференция 239-141 бетлар, ВИДЫ И ФОРМЫ ОРГАНИЗАЦИИ ОБРАЗАВАНИЯ, dmografiya, kurs ishi (2), Turizm firmasining sayt tahlili, 4-amaliy mashg’ulot. Mavzu O’qitishning interaktiv strategiyasi, 1.2. C dasturlash tilining asosiy tushunchalari (2), 1-mavzu, nozova ozoda, beyjik01, Individ, shaxs va individuallik

    QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
    MATEMATIKA VA KOMPYUTER ILMLARI FAKULTETI
    INFORMATIKA O’QITISH METODIKASI YO‘NALISHI 019-84-GURUH TALABASI BEGIMOVA NASIBANING AMALIY DASTURLAR MAJMUASI FANIDAN

    MUSTAQIL ISHI

    MAVZU: MATHCADDA ALGEBRAIK TENGLAMALAR
    Bajardi: Begimova N
    Qabul qildi: Q.Karimov

    Qarshi 2023


    Reja

    1. Tenglamalarni sonli va simvolli yechish

    2. .Tenglamani sonli yechish va uning grafigini qurish

    3. Tenglamalar tizimini yechish

    4. Xulosa

    5. Foydalanilgan adabiyotlar

    Tenglamalarni sonli va simvolli yechish. Mathcad har qanday tenglamani, hamda ko’pgina differensial va integral tenglamalarni yechish imkoniyatini beradi. Misol uchun kvadrat tenlamanining oldin simvolli yechimini topishni keyin esa sonli yechimini topishni qarab chiqamiz.
    Simvolli yechish. Tenglamaning simvolli yechimini topish uchun quyidagi protsedurani bajarish kerak:
    1.Yechiladigan tenglamani kiritish va tenglama yechimi bo’lgan o’zgaruvchini kursorning ko’k burchagida ajratish.
    2. Bosh menyudan Symbolics→Variable→Solve (Simvolli ifoda→O’zgaruvchi→ Yechish) buyrug’ini tanlash. Tenglamani yechish .
    Sonli yechish. Algebraik tenglamalarni echish uchun Mathcadda bir necha funksiyalar mavjud. Ulardan Root funksiyasini ko’rib chiqamiz. Bu funksiyaga murojaat quyidagicha:
    Root(f(x),x).
    Root funksiyasi iteratsiya usuli bilan yechadi va sabab boshlang’ich qiymat oldindan talab etilmaydi. 4.11-rasmda tenglamani sonli yechish va uning ekstremumini topish keltirilgan. Tenglamani yechish uchun oldin uning grafigi quriladi va keyin uning sonli yechimi izlanadi. Funksiyaga murojaat qilishdan oldin yechimga yaqin qiymat beriladi va keyin Root funksiya kiritilib, x0= beriladi.

    4.11-rasm. Tenglamani simvolli yechish.

    4.12-rasm. Tenglamani sonli yechish va uning grafigini qurish.
    Root funksiyasi yordamida funksiya hosilasini nulga tenglashtirib uning ekstremumini ham topishmu mkin. Funksiya ekstremumini topish uchun quyidagi protsedurani bajarish kerak:
    1.Ekstremum nuqtasiga boshlang’ich yaqinlashishni berish kerak.
    2.Root funksiyasini yozib uning ichiga birinchi tartibli differensialni va o’zgaruvchini kiritish.
    3.O’zgaruvchini yozib teng belgisini kiritish.
    4.Funksiyani yozib teng belgisini kiritish.
    Root funksiyasi yordamida tenglamaning simvolli yechimini ham olish mumkin. Buning uchun boshlang’ich yaqinlashish talab etilmaydi. Root funksiya ichiga oluvchi ifodani kiritish kifoyadir (masalan, Root(2h2+h-bb,h)). Keyin Ctrl+. klavishasini birgalikda bosish kerak. Agrar simvolli yechim mavjud bo’lsa, u paydo bo’ladi.
    Tenglamalar tizimini yechish. Mathcadda tenglamalar tizimini echish Given…Find hisoblash bloki yordamida amalga oshiriladi. Tenglamalar tizimini yechish uchun iteratsiya usuli qo’llaniladi va yechishdan oldin boshlang’ich yaqinlashish barcha noma’lumlar uchun beriladi (4.15-rasm).
    Tenglamalar tizimini yechish uchun quyidagi protsedurani bajarish kerak:
    1.Tizimga kiruvchi barcha noma’lumlar uchun boshlang’ich yaqinlashishlarni berish.
    2. Given kalit so’zi kiritiladi.
    4.13-rasm. Chiziqsiz tenglamalar tizimini yechish.
    3.Tizimga kiruvchi tenglama va tengsizlik kiritiladi. Tenglik belgisi qalin bo’lishi kerak, buning uchun Ctrl+= klavishilarini birgalikda bosish kerak bo’ladi yoki Boolean (Bul operatorlari) panelidan foydalanish mumkin.
    4.Find funksiyasi tarkibiga kiruvchi o’zgaruvchi yoki ifodani kiritish. Funksiyaga murojaat quyidagicha bajariladi: Find(x,y,z). Bu erda x,y,z – noma’lumlar. Noma’lumlar soni tenglamalar soniga teng bo’lishi kerak. Find funksiyasi funksiya Rootga o’хshab tenglamalar tizimini sonli yechish bilan bir qatorda, yechimni simvolli ko’rinishda ham topish imkonini beradi.

    Xulosa
    Zamonaviy kompyuter matematikasi matematik hisoblarni avtomatlashtirish uchun butun bir birlashtirilgan dasturiy tizimlar va paketlarni taqdim etadi. Bu tizimlar ichida Mathcad oddiy, yetarlicha qayta ishlangan va tekshirilgan matematik hisoblashlar tizimidir.


    Umuman olganda Mathcad – bu kompyuter matematikasining zamonaviy sonli usullarini qo’llashning unikal kolleksiyasidir. U o’z ichiga yillar ichidagi matematikaning rivojlanishi natijasida yig’ilgan tajribalar, qoidalar va matematik hisoblash usullarini olgan. Mathcad paketi muхandislik hisob ishlarini bajarish uchun dasturiy vosita bo’lib, u professional matematiklar uchun mo’ljallangan. Uning yordamida o’zgaruvchi va o’zgarmas parametrli algebraik va differensial tenglamalarni echish, funksiyalarni tahlil qilish va ularning ekstremumini izlash, topilgan echimlarni tahlil qilish uchun jadvallar va grafiklar qurish mumkin. Mathcad murakkab masalalarni echish uchun o’z dasturlash tiliga ham ega.
    Foydalanilgan adabiyotlar
    1. .A.A.Abduqodirov, A.G’.Hayitov, R.R.Shodiyev “Axborot texnologiyalari”
    2. Gulomov S. S., Shermuxamedov A. T., Begalov B. A. Iqtisodiy informatika
    3.Informatika: umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7­sinfi uchun darslik/ B. J. Boltayev [va boshq.]. — Qayta ishlangan va to‘ldirilgan uchinchi nashri. —T.: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2017. —88 b.
    4. Sh. Nazirov, A. Ne’matov, “ Ma’lumotlar bazasi ” , Toshkent 2007
    5. http://Aim.uz
    6. http://www.orbita.uz
    7. http://library.ziyonet.uz


    Download 0.9 Mb.




    Download 0.9 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mustaqil ishi mavzu: mathcadda algebraik tenglamalar

    Download 0.9 Mb.