|
Mustaqil ishlashini
|
bet | 2/9 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 26,66 Kb. | | #254935 |
Bog'liq Modul tizimi ma\'lumot Paydo boʻlish tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kredit ilk marotaba XVIII va XIX asrlarda AqSh universitetlarida joriy etilgan boʻlib, oʻquv jarayonlarini liberalizatsiya qilish, talabaning haftalik akademik yuklamasini belgilab berish maqsadida yaratilgan.
1869-yilda Garvard universiteti prezidenti, Amerika taʼlimining taniqli arbobi Charlz Uilyam Eliot „kredit soati“ tushunchasini isteʼmolga kiritadi. Shunday qilib, 1870 – 1880-yillarda kredit soatlari bilan oʻlchanadigan tizim joriy qilinadi. Kredit tizimi bilan oʻqish va oʻquv dasturlarini oʻzlashtirish talabalarga oʻquv jarayonini mustaqil ravishda rejalashtirish, uning sifatini nazorat qilish, taʼlim texnologiyalarini takomillashtirish uchun imkoniyat yaratib berdi.
Kredit toʻplash oʻlchovining kiritilishi talabaga katta erkinlik berish bilan bir qatorda, kelajakda tanlagan sohasining raqobatbardosh mutaxassisi boʻlib yetishishi uchun akademik jarayonni mustaqil rejalashtirish imkonini ham taqdim etdi. Ayni chogʻda, baholash tizimi va taʼlim texnologiyalarining takomillashishiga ham olib keldi.
Bolonya deklaratsiyasida koʻzda tutilganidek, kredit-modul tizimi aynan mustaqil taʼlimga urgʻu qaratgani holda, asosan, ikkita funksiyani bajarishga xizmat qiladi:
birinchisi, talabalar va oʻqituvchilarning mobilligini, yaʼni bir oliy taʼlim muassasasidan boshqa OTMga toʻsiqlarsiz, erkin ravishda oʻtishini (oʻqishni yoki ishni koʻchirish)ni taʼminlaydi;
ikkinchisi, talabaning tanlagan taʼlim yoʻnalishi yoki mutaxassisligi boʻyicha barcha oʻquv va ilmiy faoliyati uchun akademik yuklama – kredit aniq hisoblab boriladi. Kredit yigʻindisi talabaning tanlagan dasturi boʻyicha nimani qancha oʻzlashtirganligini namoyon etadi
|
| |