• Modulga asoslangan oʻquv dasturlari maxsus sxema asosida ishlab chiqiladi va quyidagilarni oʻz ichiga qamrab oladi
  • Mustaqil ishlashini




    Download 26,66 Kb.
    bet5/9
    Sana27.05.2024
    Hajmi26,66 Kb.
    #254935
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Modul tizimi ma\'lumot

    Modul — bu, bir nechta fan hamda kurslar oʻrganiladigan oʻquv rejasining bir qismi. U talabalarda maʼlum bir bilim va koʻnikma hosil qilish, tahliliy-mantiqiy mushohada yuritish salohiyatiga ega boʻlishiga qaratilgan bir nechta fanlar (kurslar) majmui hisoblanadi. Bunda oʻqituvchi oʻquv jarayonini tashkil qiladi, jonli, video hamda audio maʼruzalar oʻqiydi, talabaning faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi. Talaba esa mavzuni mustaqil oʻrganadi hamda berilgan topshiriqlarni bajaradi.
    Xorijiy tajribaga koʻra, kredit-modul tizimida oʻquv jarayoni har semestrda 2 — 4 tagacha moduldan iborat boʻladi. Modulda jamlangan fanlar osondan murakkablik sari, nazariy-uslubiy fanlardan amaliy fanlarga qarab hamda mantiqiy jihatdan bir-birini oʻzaro uzviy toʻldirish prinsipi asosida shakllantiriladi. Talaba mutaxassis boʻlib shakllanishi uchun nafaqat axborotlar, balki ularni qayta ishlash, amaliyotga joriy qila olish ­malakasiga ega boʻlishi talab etiladi.
    Modulga asoslangan oʻquv dasturlari maxsus sxema asosida ishlab chiqiladi va quyidagilarni oʻz ichiga qamrab oladi:
    oʻquv maqsadi hamda vazifalarning toʻliq ochib berilishi;
    talabaning fanni (kursni) boshlashi va tugatishidan keyingi orttirishi lozim boʻladigan malakasiga qoʻyiladigan ­talablar;
    modul tarkibiga kirgan har bir fanning qisqacha mazmuni (sillabus), yaʼni maʼruzalar mavzulari, seminar va amaliy mashgʻulotlarning rejasi, mustaqil taʼlimni baholash uchun moʻljallangan topshiriqlar;
    oʻqitishning qisqacha bayoni: taʼlim berish usul hamda vositalari; bilimlarni baholashning usul va shakllaridan ­iborat.
    Modul asosida oʻqitish tizimida talabalar bilimi, malakasi hamda koʻnikmasini baholashda reyting baholash tizimidan foydalaniladi. Unda talabaning barcha oʻquv faoliyati, yaʼni auditoriya va auditoriyadan tashqarida olgan, oʻzlashtirgan bilimlari ball berish orqali baholanadi.
    /////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////



    Download 26,66 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 26,66 Kb.