|
Mustaqil ishlashini
|
bet | 3/9 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 26,66 Kb. | | #254935 |
Bog'liq Modul tizimi ma\'lumot Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlarida qoʻllanilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahakamasining 2020-yil 31-dekabrdagi „Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim jarayonlarini tashkil etish bilan bogʻliq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi qarori asosida „Oliy taʼlim muassasalarida oʻquv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisida“ NIZOM tasdiqlangan. Mazkur Nizomda esa kredit-modul tizimiga oid asosiy tushunchalar berib oʻtilgan. Unga koʻra:
GPA (Grade Point Average) – taʼlim oluvchining dastur boʻyicha oʻzlashtirgan ballari oʻrtacha qiymati boʻlib, u quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
GPA =K1U1+K2U2+K3U3…+KnUn : K1+K2+K3…+Kn ga tengdir.
Bunda:
K – har bir fan/modulga ajratilgan kreditlar miqdori;
U – har bir fan/modul boʻyicha talaba toʻplagan baho;
Kredit – taʼlim olish natijalariga koʻra talaba tomonidan muayyan fan boʻyicha oʻzlashtirilgan oʻquv yuklamasining oʻlchov birligi. Kreditlar qoidaga muvofiq butun, kasr sonlarda ifodalanishi mumkin;
Kredit toʻplash – taʼlim elementlarini oʻzlashtirish va boshqa yutuqlarga erishish natijasida taqdim etiladigan kredit birliklarini toʻplash;
Talabaning shaxsiy taʼlim trayektoriyasi – talaba tomonidan tanlangan hamda unga ketma-ketlikda bilimlar toʻplash va xohlagan kompetensiyalar yigʻindisiga ega boʻlish imkoniyatini beradigan yoʻnalish (marshrut).
|
| |