INTERNET SAYTLARI
www.google.uz
www.google.ru
www.biotehnolog.ru
www.texhologiy.ru
www.Ziyo.net
www.elibrary.ru
www.cyberlinka.ru
KURS ISHINI BAJARISH BO'YICHA KO'RSATMALAR
1. KURS ISHINI BAJARISHDAN MAQSAD VA VAZIFALAR
1.1. Kurs ishini bajarishdan maqsad farmatsevtika korxonalarini loyihalashda yoki ilmiy izlanish va referatik shakldagi kurs ishlarini bajarishda talabani mustaqil ish yuritishga o‘rgatish na shu bilan birga bitiruv ishiga talabani tayyorlash.
1.2. Kurs ishini bajarishdagi asosiy vazifalar talabalar bilimini mustahkamlash va chuqurlashtirish; texnologik masalalarni echishda talabalarni ijodiy yuksalishini rivojlantirish; biofaol moddalarni ishlab chiqarish korxonalarining ilmiy texnika yutuklari bilan tanishtirish; soha adabiyoti va boshqa materiallari bilan ishlashga o‘rgatish.
“Biologik faol moddalar texnologiyasi” fanidan kurs ishi – o‘quv jarayonining muhim va asosiy bir qismi bo‘lib, “Biotexnologiya” kafedrasining o‘quv rejasiga kiritilgan. Kurs ishini o‘qituvchi raxbarligida talabalarning mustaqil bajarishga mo‘ljallangan o‘quv – uslubiy va ilmiy ishidir. Kurs ishi talabalarni kafedrada olinayotgan nazariy va amaliy bilimlarini mustaqil va keng doirada chuqur o‘zlashtirishlariga, shuningdek ilmiy adabiyot manbalari bilan ishlash ulardan to‘g‘ri foydalana bilish, xamda kafedra eksperimental izlanish olib borish qobiliyatini oshirishda asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Kurs ishini bajarishda talaba asosan qiyosiy tahlil qilish yo‘llarini, muammolar ustida ishlashda bir nechta adabiyotlardan foydalanish va yakuniy xulosalar chiqarishni o‘rganadi.SHuningdek, talaba texnik materiallarni savodli yozishga, yoritishga; texnologik echimlarni asoslab himoya qilishga, institutda olgan nazariy bilimlarini kurs ishini va ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish jarayonida foydalanishga o‘rganadi.
|