2.5. Talabaning vazifalari
Talaba kurs ishni bajarish jarayonida quyidagilarni bajarishi lozim:
kurs ishi mavzusini zamonaviy sanoat farmatsevtikasining ishlab chiqarish talablaridan kelib chiqqan holda tanlash;
ilmiy rahbarning tuzib bergan rejasi asosida berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarishi;
o‘rnatilgan tartib bo‘yicha kurs ishning qismlarini o‘z vaqtida ilmiy rahbariga taqdim etishi kerak.
3. KURS ISHINING BAJARILISHI
Kurs ishini amaliy qismi asosan “Biotexnologiya” kafedrasi laboratoriyasida, O‘zbekiston Milliy Universiteti “Biologiya-tuproqshunoslik” fakultetida, O‘zRFA O.S.Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo ilmiy-tadqiqot instituti va O‘zRFA Mikrobiologiya instituti laboratoriyalarida va O‘zRFA Genomika va Bioinformatika markazi laboratoriyalarida bajariladi. Kurs ishini bajarayotgan talabaning ilmiy izlanish jarayonini “Biotexnologiya” kafedrasi professor – o‘qituvchilari nazorat qiladi.
Talaba tomonidan bayon etiladigan amaliy qism aniq, izchil va qisqa bo‘lishi lozim. Kurs ishi ko‘proq talabaning shaxsiy muloxazalaridan, misollar va rasmlar, solishtirish va umumlashtirish, tajriba materiallarini keltirishdan tashkil topgan bo‘lishi kerak.
Kurs ishlarini rahbari va maslahatchini vazifasi bu talabani ish bajarish va to‘g‘ri echimlar qabul qilishda nazorat qilishdadir. Kurs ishlari bajarish jarayonida yangi texnologik masalalarni yangi echimini tanlashda va munozarali savollarga echim qabul qilishda rahbarlar yordam beradi. Talaba eca kurs ishi bajarish bosqichlarida tashabbus ko‘rsatmog‘i, texnologik echimlar variantlarini tahlil qilish va baholashni namoyon etishi lozim. Optimal variantlarni o‘zi tanlashi, me’yoriy hujjatlar va ma’lumotnomalardan (spravochniklar) foydalanishni bilishi kerak.
Tayyor kurs ishi quyidagi talablarga ko‘ra rasmiylashtiriladi va o‘kuv grafigida belgilangan muddatda kafedrada himoyaga qo‘yiladi. Agarda kurs ishlardagi materiallarga ta’luqli salbiy fikrlar bildirilsa, ular himoyagacha to‘g‘rilanishi kerak. Kurs ishida qabul qilingan echimlarga, mazmuniga va himoya kuniga talabani o‘zi ma’sul hisoblanadi.
|