|
Taqdimot tayyorlashda qo‘yiladigan talablar
|
bet | 2/2 | Sana | 17.03.2023 | Hajmi | 333.68 Kb. | | #45910 |
Bog'liq KG 1-Mus ta'limTaqdimot tayyorlashda qo‘yiladigan talablar.
Birinchi slaydda joylashgan:
ta’lim muassasasining nomi, fakultet nomi, yo‘nalish nomi, guruh nomi, fan nomi, mustaqil ta’lim mavzusi, talaba F.I.Sh., qabul qiluvchi o‘qituvchi F.I.Sh., yil.
ikkinchi slaydda ishning mazmuni ko‘rsatiladi, bu esa giperhavolalar shaklida (taqdimotning interaktivligi uchun) tartibga solinadi. (Masalan, ishchi muhit, menyular qatori, uskunalar paneli kabi yozing va unga havola o‘rnating)
oxirgi slaydda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati talablarga muvofiq ko‘rsatiladi;
internet resurslari oxirgi navbatda ko‘rsatiladi;
Slaydlarni tayyorlash
uslublar bitta dizayn uslubiga mos kelishi kerak;
taqdimotdan chalg'itadigan uslublardan qochish kerak;
yordamchi ma'lumotlar (boshqaruv tugmalari) asosiy ma'lumotlardan ustun turmasligi kerak (matn, rasm)
Slaydlarda rang
animatsiya effektlari slayddagi ma'lumotlarni taqdim etish uchun kompyuter animatsiyasi qobiliyatidan foydalanishi kerak;
Axborotni taqdim etish
axborot mazmuni qisqa so‘zlar va jumlalardan foydalanish kerak;
eng muhim ma'lumotlar ekranning markazida joylashgan bo‘lishi kerak;
agar slaydda rasm bo‘lsa, yozuv uning ostida yoki yuqori qismida joylashgan bo‘lishi kerak.
sarlavhalar uchun shriftlar kamida 24;
qolgan ma'lumot uchun kamida 18;
bir taqdimotda turli xil shriftlarni aralashtirish mumkin emas;
ma'lumotni ta'kidlash uchun qalin shrift, kursiv yoki bir xil turdagi chizilgan bo‘lishi kerak;
Axborotni ajratish usullari qo‘llanilishi kerak:
ramkalar, chegaralar, turli xil shrift ranglarini to‘ldirish, soyalar, o‘qlar
eng muhim faktlarni tasvirlash uchun chizmalar, diagrammalardan foydalanish;
G rafik topshiriq uchun namuna (talaba ixtiyoriy o‘zgartirish kiritishi yoki boshqa ko‘rinishda dizayn tanlashi mumkin)
Glossariy tayyorlash uchun na’muna
Animatsiya
|
(animation – animatsiya) – kadrlar ketma-ketligi. Uni kino sifatida tasavvur qilish mumkin.
|
Vektorli grafika
|
(vector graphics – vektornaya grafika) – ob’ektlarni vektorli tasniflash asosida tasvirini hosil qilish.
|
|
| |