Psixologiyaning tarmoqlari




Download 325,21 Kb.
bet45/62
Sana29.05.2024
Hajmi325,21 Kb.
#256702
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   62
Bog'liq
Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlari. Gʻarb mutafakkirl-hozir.org

Psixologiyaning tarmoqlari. Psixologiyaning alohida tarmoqlarini farqlash
avvalo ishlab chiqarishdagi inson faoliyati kechadigan sohalar va ularning
vazifalaridan kelib chiqadi. Hozirgi davrga kelib psixologiyani inson shaxsi
xaqidagi eng muhim fanlardan biri sifatidagi ahamiyatini hamma tan olmoqda. Inson shaxsining esa bevosita kirib bormagan sohasini topish qiyin. Psixologiya
iqtisod, pedagogika, falsafa, mantiq, sosiologiya va boshqa ijtimoiy-
gumanitar fanlar bilan aloqador fan hisoblanadi. Chunki hamma sohada inson shaxsi faoliyat ko’rsatar ekan, har bir sohada ishni samarali tashkil etish, olib
borish uchun kishilar psixologiyasini, shaxslararo munosabatlar psixologiyasini,
odamlarning turli vaziyatlardagi xulqatvor normalarini bilish va shunga ko’ra
ish olib borish muhimdir. Shuning uchun xozirgi davr mutaxassislari psixologik
bilimlardan boxabar bo’lishlari lozimdir.
Psixologiyaning 300 dan ortiq tarmoqlari fan sifatida rivojlanayotganligi
hozirgi kunda psixologiyaning fanlar tizimida yanada mustahkamlanayotganligidan dalolat beradi: masalan,
umumiy psixologiya — psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlari va
ularning o’ziga xos jihatlarini o’rganadigan maxsus sohasi;
pedagogik psixologiya — kishiga ta’lim va tarbiya berishning psixologik
qonuniyatlarini o’rganishni o’z predmeti deb biladi;
yosh davrlari psixologiyasi — turli yoshdagi odamlarning tug’ilgandan to
umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi va
o’zaro munosabatlari qonuniyatlarini individning yoshiga mos tarzda o’zgarishi
tamoyillarini o’rganadi;
 ijtimoiy psixologiya — odamlarning jamiyatdagi birgalikdagi ish
faoliyatlari natijasida ularda hosil bo’ladigan tasavvurlar, fikrlar, e’tiqodlar, hissiy kechinmalar va xulq-atvorlarini o’rganadi;
yuridik psixologiya — huquq sistemasining amal qilishi bilan bog’liq
masalalarning psixologik asoslarini o’rganadi;
mehnat psixologiyasi — kishi mehnat faoliyatining psixologik
xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning psixologik jihatlarini, qonuniyatlarini o’rganadi;


Download 325,21 Kb.
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   62




Download 325,21 Kb.