• Jamoadagi moslik
  • Mustaqil ta’lim uchun etiladigan mavzular




    Download 325,21 Kb.
    bet53/62
    Sana29.05.2024
    Hajmi325,21 Kb.
    #256702
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   62
    Bog'liq
    Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlari. Gʻarb mutafakkirl-hozir.org

    Guruh va uning turlari


    1. Sнartli guruhlar. Tadqiqotchi tomonidan ma`lum belgilar asosida kishilarni birlashtirib guruh tuzishga shartli guruh deyiladi. Masalan: bir xil kasbi bo`yicha, bir xil yoshi bo`yicha, jinsi bo`yicha shartli guruh tuzish mumkin. 15 yoshli o`smirlar guruhi, 5 yoshlilar bog`cha guruhi kabilar. Sнartli guruhga kirgan kishilar bir -birlarini mutlaqo ko`rmasliklari, bir - birlarini mutlaqo tanimasliklari mumkin. Millatiga ko`ra O`zbekistonda yashaydigan 18 yoshli kizlar guruhi deb tuzish mumkin. SHartli guruhlarni katta guruhlarga kiritiladi. Masalan: o`zbeklar guruhi, sotuvchilar guruhi, banditlar guruhi, qizlar, o`g`il bolalar guruhi va h.k.

    2. Real guruhlar deb, bir jamiyatda yashab, kishilar bilan haqiqiy, real munosabatga kirishish yo`li bilan tuzilgan guruhga aytiladi. Masalan: yoshlar jamoa guruhi, bolalar guruhi (bir maktab doirasida) sinflar, talabalar guruhi. NamDUning fizika fakul’teti 3 - kurs talabalari guruhi real guruhdir. Demak, real guruhga kiradigan kishilar doimo bir - biri bilan munosabatda bo`lib, bir -biriga yordam beradi. Bizga ma`lumki, odamni mehnat yaratgan, shuning uchun kishilarning 1 - guruhlari mehnat guruhlari bo`ladi. Masalan: oila mehnat guruhiga kiradi. Ibtidoiy jamiyatda yashagan qabilani guruhlarga kiritish mumkin. Guruhlarning eng kattasi - bu butun insoniyatdir.


       Jamoadagi moslik


    Shaxs boshqa kishilar bilan munosabatga kirishar ekan, u o`zining fe`l - atvori va xatti -harakatlarini boshqalarning xatti - harakatlari bilan uyg`unlashtirib olib borishi, ya`ni har bir shaxs jamoa a`zolari bilan sig`ishishi kerak. Buning uchun shaxs boshqa a`zolarni chug`ur o`rganishi lozim. Jamoadagi shaxslararo munosabatlarni, ya`ni shaxslarning bir - birlariga yordam berishlarini, do`stlashishi, janjallashishi, yarashishlarini o`rganib chiqish kerak bo`ladi. Jamoadagi munosabatlarni o`rganish rahbarlik qilish imkoniyatini tug`diradi. Shaxs jamoada boshqalarga mos keladigan bo`lsa, uning xulq - atvori va harakatlari boshqalarda ijobiy reaktsiya tug`diradi. Psixologik jihatdan sig`ishmaydigan bo`lsa, uning fe`l - atvori, harakatlari boshqalarda salbiy reaktsiya tug`diradi. Psixologik jihatdan sig`ishmaydigan kishilar jamoada uzoq vaqt qololmaydilar. Shaxsning jamoa bilan moslasha olmasligiga bir necha sabablar bo`lishi mumkin. Masalan: yagona bir maqsadning bo`lmasligi, shaxsda salbiy xislatlarning bo`lishi, takabburlik, ezmalik, o`zini tuta olmaslik kabilar. Guruh ongi bilan guruhiy moslik bir - biri bilan bog`liq tushunchalardir. Jamoa va guruhiy moslik fiziologik , psixologik bo`lishi mumkin. Masalan, jismoniy jihatdan zaif bo`lgan yigit bilan sog`lom, kuchli yigitga bir xil ish topshirilsa ularda fiziologik nomoslik kuzatiladi. YOshi turli xil o`quvchilarda bir xil masala echish topshirilsa psixologik jihatdan nomoslikni keltirib chiqaradi.

    Jamoa va guruhdagi moslik shaxslarning bir qator xususiyatlariga bog`liq. Bunday xususiyatlar jismoniy, ya`ni bo`yning balandligi, muskul kuchiga bog`liq. SHuningdek, idrok, diqqat, tafakkur, iroda xususiyatlariga ham bog`liq bo`ladi. Masalan, guruh a`zolaridan biriga yoqadigan musiqa boshqasiga yoqmasligi mumkin. Oilada er va xotinning xarakteri mos bo`lishi kerak.


    Psixologik moslik deganda guruh a`zolari sifatlari va qarashlarining aynanligi emas, balki ular ayrim sifatlarining mos kelishi, qolganlarining tafovut qilishi nazarda tutiladi. Bundan tashqari fanda psixofiziologiya va ijtimoiy psixologik moslik ham farqlanadi. Birinchi holatda faoliyat jarayonida odamlarning bir xil va mos tarzda harakat qila olishlari, ish ritmi va tezligidagi uyg`unliklar nazarda tutilsa, ikkinchisidan ijtimoiy xulqdagi moslik - ustanovkalar birligi, ehtiyoj va qiziqishlar, yo`nalishlar birligi nazarda tug`iladi. Birinchi xil moslik sanoat korxonalari xodimlarida samarali bo`lsa, oliygoh o`qituvchilari, ijodiy kasb egalarida ijtimoiy psixologik moslikning ahamiyati katta.


    Download 325,21 Kb.
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   62




    Download 325,21 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mustaqil ta’lim uchun etiladigan mavzular

    Download 325,21 Kb.