Mustaqil ta’lim
Fan yuzasidan soatlar yuklamasini hisoblashda avditoriya va mustaqil
ta’lim soatlari 40/60 nisbatda bo’ladi ya’ni 40 soat auditoriya soati bo’lsa 60
soat mustaqil o’zlashtirish uchun soatlar ajratiladi. Fan yuzasidan talaba
egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma, malakaga ega bo’lishi uchun mustaqil
ta’lim mavzularini to’liq o’zlashtirishi lozim.
Mustaqil ta’limning mazmuni talabalar tomonidan
- amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik;
- uy vazifalarini bajarish;
- nazariy bilimlarni o’zlashtirish;
-mustaqil ta’lim uchun mo’ljallangan mavzularini o’zlashtirishdan iboratdir.
Tarixiy, matematik va pedagogik materiallar
asosida davra suhbatlarni
o’tkazilishini tavsiya etiladi. Bunda talabalar Internet
va boshqa manbaalardan
foydalanib o’zlari matematikaning inson turmushidagi o’rni,
matematika
metodlarining kasbiy
faoliyat sohasiga tatbiqi, matematikaning asosiy bo’limlari
haqida tarixiy va boshqa ma’lumotlar, buyuk
allomalar hayoti va ijodi,
matematikaga qo’shgan hissalari kabi mavzular bo’yicha qisqacha ma’lumotlar
bayon qiladilar. Tabiiyki, bunday tadbirlar talabalarda matematika faniga qiziqishni
kuchaytiradi va yuqorida qayd etilgan maqsadlarga erishishga zamin yaratadi.
Mustaqil ishni tashkil etishda unga mo’ljallangan har bir bo’lim bo’yicha
adabiyotlar talaba tomonidan o’rganilishi, mustaqil ish uchun mo’ljallangan nazariy
va amaliy bilim mavzularini o’zlashtirishi, har bir bo’lim bo’yicha
berilgan
topshiriqlarning mos varianti talaba tomonidan bajarilishi talab qilinadi.
Mustaqil ta’lim mavzularini o’zlashtirishda yuqorida
keltirilgan asosiy va
qo’shimcha adabiyotlardan foydalanish tavsiya etiladi.
F
an yuzasidan berilgan test, topshiriq, oraliq va yakuniy nazorat
savollari ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarida o’tilgan mavzulardan
hamda mustaqil o’zlashtirish uchun berilgan mavzular yuzasidan
bo’ladi!!!!
Mustaqil o’zlashtirish uchun mavzular:
1. Algebraik strukturalar .
2. Algebraik strukturalar gomomorfizmi va izomorfizmi .
3. Matematik nazariyalarning zidsizlik, to’liqlik, yechilish muammolari.