Robototexnika sohasi
M a`lumki, «robot» so’zi bizning tilimizga ilmiy fantastikadan kirib kelgan. Birinchi bor bu so`zni 60 yil oldin taniqli chex fantast yozuvchisi Karel Chepek ishlatgan. Ammo «mexanik odamlar» undan oldinroq ham ma`lum edi. O’rta asrlarda inson iste`dodlariga ega bo’lgan musiqachi-qo’g’irchoq yoki rassom-qo’g’irchoqlar paydo bo’lganligi ma`lum.
Komp`yuter asri boshlanishi bilan insonni og’ir va zararli mehnatdan ozod etadigan robotlar paydo bo’ldi.
Ular garchi odam qiyofasida bo’lmasa-da, ko’plab funksiyalarni (ishlarni) bajara oladilar. Masalan, UzDAEWOOavto O’zbekiston — Koreya qo’shma avtomobil korxonasida turli ishlarni bajaradigan robotlar keng qo’llanilmoqda.
Bugungi kunda robotlar mashinasozlik zavodlarida, po’lat quyish sexlarida, kimyoviy laboratoriyalarda, qurilishda keng qo’llanilmoqda. Robotlarni yaratish bilan shug’ullanadigan texnikaning maxsus shahobchasi — robototexnika paydo bo’ldi.
Robotlar orasida keng tarqalgani bu robot manipulyatorlardir. Manipulyatorlar — o’ta sezgir va kuchli mexanik qurilmadir.
Robotlarni komp`yuter boshqarib turadi, ya`ni komp`yuter robotning «miyasi»dir, ular telekameralar orqali «ko’rib», mikrofonlar yordamida «eshitadilar», ya`ni Zamonaviy qabul qiladilar. Maxsus datchiklar «sezgi» organi vazifasini o’taydi.
Marketing sohasi
Marketing inglizcha «market» (bozor) so’zidan olingan bo’lib, bozor, savdo sohasidagi faoliyatni anglatadi.
Marketingda eng asosiysi, bozorni, xaridorlar talab va ehtiyojlarini chuqur va har taraflama o’rganish va ishlab chiqarishni shuning asosiga ko’rish, ikkinchi tomondan esa bozorga, mavjud talab va ehtiyojga faol ta`sir ko’rsatish, xaridorlarning muayyan mollarga bo’lgan talablarini shakllantirishdan iborat.
Marketingni komp`yuterlarsiz, Zamonaviy texnologiyalarisiz tasavvur etib bo’lmaydi.
Ishlab chiqarish sohasi
I shlab chiqarishning deyarli barcha sohalarida komp`yuterlar qo`ullanilib kelmoqda. Komp`yuterlar ko’pgina texnologik jarayonlarni boshqarmoqda. Ular yordamida yangi maxsulotning chizmasini yaratishdan toki tayyor maxsulot bo’lib chiqqunga qadar bo’lgan barcha jarayonlarni avtomatlashtirish mumkin.
Maxsulot shaklini konstruktor komp`yuter ekranida chizib, tegishli o’zgartirishlar yasab, qog’ozga chop etishi mumkin.
Maxsulotni ishlab chiqarish uchun kerakli barcha qurilmaning imkoniyatlari, unga ketadigan sarf-xarajatlarni hisob-kitob qilishda va boshqa ishlarni bajarishda ham komp`yuter beg`araz yordamchidir.
Maxsulotni ishlab chiqarishda Zamonaviy asosiy komp`yuterdan ishlab chiqarish liniyalariga yetkaziladi. U yerda Zamonaviyni qabul qilishga tayyor turgan robotlar komp`yuter uzatgan dastur asosida maxsulotni yig`a boshlaydi. Tayyor maxsulotlar esa robotlar yordamida tekshirilib, omborlarga jo`natiladi.
|