|
Mustaqilish I
|
bet | 5/8 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 186,5 Kb. | | #230099 |
Bog'liq bobomurodov sh......Sinxron elektron ta’lim — masofaviy ta’lim hisoblanadi, lekin bu real vaqtda amalga oshiriladigan ta’limdir. U oddiy kunduzgi ta’limga o‘xshaydi, farqi shundaki, ishtirokchilar bir-biridan uzoq masofada bo‘ladi. Ma’ruzalarni tashkillashtirishda maxsus dasturiy ta’minotlar qo‘llaniladi.
Asinxron elektron ta’lim — bu talaba barcha kerakli ma’lumotni onlayn-manbalardan yoki elektron Zamonaviy tashish vositalari (CD, DVD yoki flash-kartalar)dan olishi va materialni o‘zlashtirish sur’ati va jadvalini o‘zi mustaqil tashkil etishdir. Asinxron elektron ta’lim tizimiga barcha turdagi CD-kurslar va elektron o‘qitish kurslari kiradi. Bugungi kunda elektron ta’lim ko‘pchilik OTM’larda ta’lim jarayonining ajralmas qismi bo‘lib qolgan, u shuningdek, malaka oshirish kurslarini tashkil etishda ham o‘z o‘rnini topgan, ba’zi korporatsiyalarda bo‘linmalar mavjud bo‘lib, ularning vazifasi xizmatchilar uchun elektron kurslar tashkil etishdir.
Masofaviy ta’lim texnologiyalari — masofaviy ta’lim bu E-Learningga qaraganda kengroq tushunchadir, u interfaol mustaqil ta’limning va qo‘llab-quvvatlashning intensiv maslahat sintezi hisoblanadi. Shunday qilib, elektron ta’lim masofaviy ta’limning bir bo‘lagi hisoblanadi. Masofaviy ta’lim asosiy o‘quv materialini o‘quvchilarga yetkazib berish va o‘quv jarayonida o‘quvchi va o‘qituvchi orasida interfaol ishlashni ta’minlaydi.
Masofaviy ta’lim texnologiyalardan foydalangan holda o‘qitishning juda ko‘p ijobiy tomonlari mavjud.
Yashash joyidan turib, o‘qish imkoniyati — chekka qishloqlarda yashovchilarda katta shaharlarga borib, universitetga kirib-o‘qish imkoniyati har doim ham bo‘lavermaydi. Masofaviy ta’lim texnologiyalari ularga o‘z shahridan ketmasdan turib, o‘qish imkoniyatini yaratib beradi.
O‘qish va ishni birga qo‘shib olib borish — o‘quvchilar ishdan ajralmagan holda ta’lim olish imkoniga ega bo‘ladilar, bu, ayniqsa, malaka oshirish yoki ikkinchi oliy ma’lumot oluvchilarga juda qo‘l keladi.
Sifatli texnologiyalar va o‘quv mazmunini egallash — talaba sifatli o‘quv materiallari yordamida o‘qitilishi, o‘qituvchi bilan muloqat qilishi va o‘z individual o‘quv rejasini tuzishi mumkin.
Baholashning xolisligi — masofaviy ta’lim texnologiyalari bilim sifatining doimiy nazorati, natijalarning baholanishi, inson omilidan xoli bo‘lgan xolis avtomatlashtirilgan baholash joylarda moddiy manfaatdorlikni yo‘qotishni ko‘zda tutadi.
Ta’limda individual yondashuv — o‘zgaruvchan grafik, ish va o‘qishni birga qo‘shib olib borish, shuningdek, o‘zlashtirilayotgan materialni ma’lumotni individual o‘zlashtirish tezligiga moslash masofaviy ta’limni barcha uchun qulay qilib qo‘ymoqda.
|
| |