|
Mustaqillikka erishish arafasida o’zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar reja
|
bet | 2/5 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 105 Kb. | | #154420 |
Bog'liq MUSTAQILLIKKA ERISHISH ARAFASIDA O’ZBEKISTONDAGI IJTIMOIY-IQTISODIY JARAYONLARMa’muriy-siyosiy biqiqlik
1980-yillarning boshlarida sovet siyosiy tizimi, xo’jalik yuritish usuli o’zining rivojlanish imkoniyatlarini batamom tugatdi.
Ma’muriy-siyosiy biqiqlik kuchaydi, jamiyat a’zolari mehnat intizomi pasaydi, loqaydlik, befarqlik kuchaydi. 80-yillar o’rtalarida sovet jamiyatida «qayta qurish» boshlandi.
Qayta qurish haqida M. S. Gorbachev KPSS MK ning aprel (1985 yil) plenumida taklif kiritdi.
Unda Mahsulot ishlab chiqarish uchun 2 marta ko’p tabiiy resurslar, energiya, inson mehnati sarf etilishi, temir, po’lat, stanoklar ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda 1-o’rinni egallashiga qaramasdan mamlakatda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishning yo’lga qo’yilmaganligi qayd etildi.
80-yillarning o’rtalarida SSSRning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy hayotida inqirozli vaziyatning yanada keskinlashuvi ro’y bera boshladi. Qayta qurish konsepsiyasi cheklangan bo’lib, u SSSRni taraqqiyotini ta’minlay olmas edi.
Qayta qurish yillarida O’zbekistonda ijtimoiy-siyosiy hayot yomonlashdi.
Respublikada milliy urf-odatlar, an’analar, qadriyatlar toptaldi, buning oqibatida xalq orasida loqaydlik, ishonchsizlik va norozilik kuchaydi.
Farg’ona fojeasi yuz berdi. Milliy o’zlikni anglash boshlandi.
O’zbek tiliga davlat tili maqomini berilishi, paxta yakkahokimligini tugatilishi, ekologik holatni sog’lomlashtirilishi O’zbekistonda dolzarb masala sifatida ko’tarildi.
Iqtisodiyotda turg’unlikning chuqurlashuvi
O’zbekistonning 1985-1991- yillardagi iqtisodiy holati sovetlar hukmronligi davrining bevosita va mantiqiy davomini o’zida ifodaladi.
80-yillar o’rtalarida iqtisodiy hayotda sustlashtirish mexanizmi to’la shakllandi.
1985 yil aprelidan so’ng markaziy iqtisodiy organlarni qaytadan tuzish, bank tizimini qayta qurish siyosatini ishlab chiqish yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshirildi.
SSSRda etishtiriladigan paxtaning 65%, pillaning 60% dan ortig’i, kanopning 80-90%, qazib olinadigan oltin, simob, volframning salmoqli miqdori O’zbekistonda ishlab chiqarilardi.
O’zbekiston aholisini tabiiy gaz bilan ta’minlash miqyosi 20% ga yaqinini tashkil etdi, xolos.
Paxtaning atigi 10% O’zbekistonda qayta ishlanardi.
1981-1985 yillarda yalpi ijtimoiy mahsulot 3,4% ortgan bo’lsa, 1986-1990 yillarda bu 2,2%ni tashkil etdi.
80-yillarning o’rtalaridan milliy daromad ishlab chiqarish bo’yicha O’zbekiston boshqa respublikalardan ortda qoldi.
Iqtisodiy islohotlar 1987 yil e’lon qilindi.
1986-1987 yillarda iqtisodiyotni barqarorlashtirish bo’yicha birorta samarali yo’l izlanmadi. 1990 yilgacha qayta qurishning maqsadi sun’iy «rejali bozor» tizimini tashkil qilishdan iborat bo’lib qolaverdi.
80-yillarning 2-yarmida O’zbekiston iqtisodiyotiga jiddiy salbiy ta’sir etgan holatlardan biri - 1984-1989 yillardagi qatag’onlar, «desant»lar, «Paxta ishi» oqibatlari bo’ldi.
1990 yil o’rtalaridan boshlab O’zbekistonning yangi rahbariyati respublikani chuqur iqtisodiy inqirozdan olib chiqish uchun jiddiy harakat boshladi.
Ta’kidlash joizki, garchi M. S. Gorbachyov hokimiyati davrida (1985—1991) qatag’onga uchragan, zo’rlab ko’chirilgan xalqlar taqdiri masalalari yuzasidan bir qator komis-siyalar tashkil etilgan bo’lsa-da, aslida vaziyat deyarli o’zga-rishsiz qolaverdi. Bir necha o’n yillar davomida yechilmay, turg’un holda qolibkelgan muammolar millatlararo mu-nosabatlar zamirida ham o’z aksini topdi. O’zbekistonda bu holatni «Farg’ona voqealari» va boshqa voqealar ja-rayonida ko’rish mumkin bo’ladi.
|
| |