O’zbekistonning mustaqillik sari tashlagan qadamlari




Download 105 Kb.
bet4/5
Sana10.02.2024
Hajmi105 Kb.
#154420
1   2   3   4   5
Bog'liq
MUSTAQILLIKKA ERISHISH ARAFASIDA O’ZBEKISTONDAGI IJTIMOIY-IQTISODIY JARAYONLAR

O’zbekistonning mustaqillik sari tashlagan qadamlari
Tojikistonning Leninobod viloyati Asht tumanidagi Novgarzon posyolkasiga shoshilinch ko’chirildi. Minglab odamlarni bunday lagerlarda uzoq saqlab bo’lmas edi. Shuning uchun 16.282 kishi Farg’ona viloyatidan Rossiyaning Smolensk, Orlovsk, Kursk, Belgorod va Voronej viloyatlariga ko’chirib olib borib joylashtirildi.Farg’ona fojiasining sabablari, uni harakatga keltirgan kuchlar kimlar edi? O’zbekiston Kompartiyasi MQning 1989— yil 23-iyunda bo’lgan XIV Plenumida Farg’ona fojiasi bilan bog’liq masalalarni o’rganish uchun maxsus komissiyasi tuzildi. Komissiyaning O’zbekiston Kompartiyasi MQning 1989— yil 29-iyulda bo’lgan XV Plenumi tomonidan ma’qullangan axborotida fojiani keltirib chiqargan sabablar ochib berildi.Farg’ona viloyati, shahar, tuman partiya va sovet tashkilotla-rining, huquqni himoya qilish organlarining tashkilotchilik, siyosiy ishidagi jiddiy xatolar fojiali voqealarga sabab bo’ldi. Ular viloyatdagi keskin ijtimoiy, siyosiy vaziyatni kuchayishi xavfini o’z vaqtida anglab etmadilar, millatlararo adovatni keltirib chiqarishga uringan ekstre-mistlarga, poraga sotilganlarga o’z vaqtida zarba berolmadilar.Farg’ona viloyatida o’n yillar davomida ijtimoiy-iqtisodiy keskinlik ortib bordi. Xo’jalik strukturasi buzilgan, larmoqlar xomashyo yetishtirish, yarim fabrikatlar ishlab chiqarishga moslashib qolgan edi, ishsizlar soni tobora oshib borar, odamlarni, yoshlarni ish bilan ta’minlash tadbirlari ko’rilmasdiKadrlar tanlash, munosib ish bilan ta’minlash ishlari buzilgan, poraxo’rlik, xizmat mavqeyini suiiste’mol qilish avj olgan edi.
Ana shunday keskinlikdan, respublikada ijtimoiy-siyosiy beqarorlikni keltirib chiqarishdan manfaatdor siyosiy kuchlar allaqa-chon ishlab chiqilgan, puxta tayyorgarlik ko’rilgan reja asosida jg’vogarona harakat qildilar, olomonga oldinan tayyorlangan varaqalar tarqatdilar.Farg’onada sodir bo’lgan siyosiy ig’vogarlik Tbilisi, Tog’li Qorabog’, Bokuda tashkil etilgan ig’vogarliklardan biri edi. Keyinchalik, 1990— yil fevral-mart oylarida Bo’ka va Parkent, 1990— yil iyunda O’sh va O’zganda ham shunday urinishlar bo’ldi. Yovuz kuchlar o’z maqsadiga erisha olmadilar. O’zbekistonning yangi rahbariyati tomonidan ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida keskinlik bartaraf qilindi.O’zbekistonda bu fojialarni tekshirish uchun 1989 yil 23 iyunda tashkil etilgan komissiya xulosalarida esa Farg’onada yuz bergan voqealar yoshlar o’rtasida kelib chiqqan mojarolarning tasodifiy natijasi emas, balki ijtimo-iy, iqtisodiy ildizlarga ega bo’lganligi ta’kidlandi, uning sabablari qatorida partiya tashkilotlarining aholi o’rtasida keng ko’lamda tarbiyaviy, tashkiliy ishlar olib bormagani, xalqlar do’stligini mustahkamlashga e’tibor bermagani, ma’muriy organlar xodimlari esa sarosimaga tushib, mojar’ boshlangan birinchi kundanoq janjalning oldini olish uchun chora-tadbirlar ko’rmagani ko’rsatildi. SHuningdek, nizolar mahalliy millat o’rtasida kuchaygan «ashaddiy millatchilik» kayfiyatining natijasi bo’lib, bu respublikada yashayotgan xalqlarni bir-biriga qarama-qarshi qo’yishga qaratilgani ham qayd qilib o’tilgani holda, «vodiyda turk mesxetilari xatti-harakatlariga nisbatan ancha befarkdiklar bo’lgani, ular orasidagi ayrim shaxslar Gruziya SSRning janubiy rayonlariga tezroq qaytish muam-mosini hal etish maqsadida vaziyatni keskinlashtirishga uringani, bu esa vaziyatni ancha chigallashtirib yuborgani» ko’rsatib o’tiladi. SHubhasiz, bu xulosa tarixiy haqiqatga birmuncha mos kelsa-da, mesxeti turklari o’z talablaridan «kelib chiqqan mojarolar»da O’zbekiston rahbariyati, O’zbekiston SSR Prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligini mo-jarolarning oldini ololmaganlikda ayblash markazning yordami hamma vaqt kerak bo’lishini «isbotlab» qo’yish uchun qulay imkoniyat ham edi.1989 yil 15 iyunda respublika partiya xo’jaligi faol-lari yig’ilishida harbiy mashq zonasiga joylashgan mes-xeti turklarini boshqa yerlarga ko’chirish masalasi ko’rib chiqildi. SSSR Ministrlar Sovetining Raisi N.I. Rijkov ma’ruzasida «Farg’ona yaqinidagi qochoqlar lagerida yashayotgan turk millatiga mansub grajdanlarga, ularning oila a’zolariga agar ixtiyor qilsalar, Rossiyaning noqo-ratuproq rayonlariga jo’nab ketish imkoniyati berilganligi» va bu «vaqtincha tadbir» ekanligi, ko’chirish uchun zarur bo’lgan barcha choralar boshlangani ta’kidlab o’tildi.XX asr 90-yillariga kelib jahon va sobiq Ittifoqdagi o’zgarishlar, hamda yuzaga kelgan vaziyat o’zbek xalqining mustaqillik uchun bo’lgan kurashini tezlashtirib yubordi. Mana shunday jarayonda o’zbek xalqiga munosib yo’lboshchi zarur edi. Tarix taqozosi bilan elim deb yashovchi Islom Karimovdek jasoratli inson 1989 yil 23 iyunda O’zbekistonga rahbarlikka keldi. 1989 yil 15 avgustda “kolxozchilar, sovxoz ishchilari, fuqarolar, shaxsiy tomorqa xo’jaliklari va individual uy-joy qurilishini yanada rivojlantirish to’g’risida” maxsus qaror qabul qilindi. Garchi, bu g’oya Ittifoq rahbarlariga yoqmagan bo’lsa ham, I.A.Karimov o’z fikridan qaytmay, uni jasorat bilan amalga oshira bordi. Natijada o’sha yilning 4 oyida aholi qo’shimcha 90,7 ming gektar yer olishdi. O’ta qisqa fursat ichida 1,5 milliondan ko’proq oilaning tomorqa uchastkalari kengaytirildi, tomorqaga yetolmay yurgan 580 ming oila unga ega bo’ldi. Tomorqa xo’jaligi maydonining o’sishi, unga bo’lgan e’tiborning kuchayishi, agrar siyosatning ustuvor yo’nalishlaridan biriga aylanishi qishloq xo’jaligining keskin o’sishiga olib keldi.1989 yil 21 oktyabrda O’zbekiston SSR Oliy Kengashining 11-chaqiriq 11-sessiyasida «Davlat tili haqida»gi Qonun qabul qilindi; «O’zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini shakllantirish konsepsiyasi»ni tayyorlashga kirishildi. Unga ko’ra, «O’zbekiston xalq xo’jaligini sog’lomlashtirish va bozor iqtisodiga o’tishning asosiy prinsiplari» ishlab chiqildi va u 1990 yil 17 oktyabrda umumxalq muhokamasi uchun e’lon qilindi; O’zbekiston Oliy Kengashi 1989 yil 25 noyabrda bo’lgan «O’zbekiston SSRni iqtisodiy va sotsial rivojlantirishning 1990 yilgi Davlat plani to’g’risida»gi masalani muhokama qilar ekan, Respublikaning iqtisodiy mustaqilligiga oid muhim tadbirlarni belgiladi, bu O’zbekistonning amalda mustaqillik sari tashlangan eng muhim qadamlardan biri bo’lib, O’zbekiston hukumati avvalo respublika va o’zbeklar boshiga yog’ilayotgan malomat toshlariga chek qo’yish, “Paxta ishi”, “O’zbeklar ishi” degan uydirmalarni bas qilish, Moskva matbuotida o’zbeklarning milliy nafsoniyatiga tegadigan chiqishlarni to’xtatish zarurligi uqtirildi.1990 yil 24 martda bo’lib o’tgan O’zbekiston SSR Oliy Kengashining 12 chaqiriq 1-sessiyasi O’zbekiston tarixida birinchi marta Prezidentlik lavozimini ta’sis etish to’g’risida qaror qabul qildi. Sessiya I.A.Karimovni O’zbekiston sovet sotsialistik Respublikasi Prezidenti etib sayladi;1990 yil 20 iyunda O’zbekiston SSR Oliy Kengashining 12-chaqiriq 2-sessiyasida «O’zbekistonning Mustaqillik Deklaratsiyasi» qabul qilindi;

  • 1991 yil 17 martda «O’zbekiston yangilanayotgan Ittifoq (Federatsiya) tarkibida mustaqil, teng huquqli Respublika bo’lib qolishiga rozimisiz?» degan savol qo’yilgan umumxalq referendumi o’tkazildi;

  • 9,2 milliondan ortiq kishi yoki referendumda qatnashganlarning 94 foizi yoqlab O’zbekistonning mustaqil teng huquqli Respublikasi sifatida yangilangan Ittifoq (Federatsiya) tarkibida bo’lishini qo’llab ovoz berdi;

  • 1991 yil 22 iyulda O’zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati «O’zbekiston SSR hududida joylashgan Ittifoqqa bo’ysunuvchi davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarini O’zbekiston SSRning huquqiy tobeligiga o’tkazish» to’g’risida yana bir tarixiy ahamiyaga molik qaror qabul qildi;

  • 1991 yil Navro’z bayrami arafasida Prezident avf etish to’g’risidagi Farmonga imzo chekdi. Ushbu Farmon ham xalq tomonidan zo’r quvonch bilan kutib olindi. Qolaversa, amnistiyaning o’sha davrda faqat Ittifoq Prezidenti e’lon qilar edi. 1991 yil 19 avgustga kelib, butun jahonni hayajonga solgan Moskvada davlat to’ntarilishiga urinish bo’ldi. To’ntarish tarafdorlarining asl maqsadlari Ittifoqda yashovchi barcha xalqlarning mustaqillikka erishuviga yo’l qo’ymaslik, hamda mamlakatdagi parokandalikdan foydalanib qolish edi. Lekin, O’zbekiston rahbariyati mavjud ijtimoiy-siyosiy vaziyatni saqlash, respublika hududida favqulodda holat joriy etilishiga, Konstitutsiyaga qarshi davlat to’ntarilishini qo’llab-quvvatlash yo’lidagi ig’vogarona harakatlarga uchmaslik uchun o’zlarining butun imkoniyatlaridan foydalandilar. O’sha vaqtda O’zbekiston Prezidenti Hindiston safarida edi. Safardan qaytib 19 avgust kuni kechqurun Toshkent shahri faollari bilan uchrashib, qat’iy tarzda O’zbekiston nuqtayi-nazarini ma’lum qildi. Respublika rahbariyati: “Markazdan, kim bo’lishidan qat’iy nazar, Qonunga xilof ko’rsatmalarni bajarish mumkin emas”, -deb hisobladi. 20 avgustda O’zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri rahbarlari ishtirokida qo’shma majlisi bo’ldi. Unda O’zbekistonning mustaqillikka erishish yo’li o’zgarmasligi haqida Bayonot qabul qilindi. Prezident I. A. Karimov respublika aholisiga murojaat bilan chiqdi va O’zbekistonning o’z mustaqilligiga erishish yo’li qat’iy ekanligini ta’kidladi. O’zbekiston Prezidentining Farmoni bilan Favqulodda holat davlat komitetining g’ayri konstitutsiyaviy, huquqqa qarshi qarorlari va boshqa ko’rsatmalari noqonuniy deb e’lon qilindi. Shunday murakkab sharoitda, ya’ni markaz va respublikalar o’rtasidagi munosabatlar tobora taranglashib, markaz boshqaruv qobiliyatini yo’qotgan har bir jumhuriyat o’z holiga tashlab qo’yilgan bir sharoitda tarixiy vaziyatni to’g’ri baholagan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov Oliy Kengash sessiyasini chaqirish va unda O’zbekiston Mustaqilligi haqida Qonun qabul qilishni talab qildi. Chunki har bir milliy jumhuriyatning chinakam teng huquqligi va mustaqilligi ta’minlangandagina tanazzuldan chiqish mumkin edi. Ayni shu maqsadlarni ko’zlab, jumhuriyat Oliy Kengashining XII chaqiriq navbatdan tashqari sessiyasi 1991 yil 31 avgustda o’z ishini boshladi. O’zbekistonning mustaqil davlat deb e’lon qilinishida mazkur sessiya katta tarixiy ahamiyatga ega bo’ldi. Unda “O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to’g’risida” hamda “O’zbekiston Respublikasining davlat bayrog’i to’g’risida”gi masalalar kun tartibiga qo’yilib, qizg’in muhokama qilindi. Sessiyada O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to’g’risida Prezident I.A. Karimov ma’ruza qildi. U o’z nutqida 1991 yil o’rtalarida Markaziy Hukumat olib borayotgan ichki siyosatni tahlil qildi.

  • 19-21 avgust kunlari Moskva Favqulodda holat davlat komiteti a’zolarining xalqlar ozodligi, jumhuriyatlar mustaqilligiga qarshi qaratilganligi xalqqa ro’yi-rost bildirildi. Oliy Kengash deputatlari moddama-modda muhokamadan so’ng O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to’g’risidagi qonunni qabul qildilar. So’ngra Respublika Davlat mustaqilligi to’g’risidagi Bayonot qabul qilindi. O’zbekiston SSR ning nomi O’zbekiston Respublikasi deb o’zgartirildi. Mustaqillik belgilangan kun 1 sentyabr 1991 yildan boshlab milliy bayram va dam olish kuni deb e’lon qilindi. O’zbekiston Respublikasi mustaqilligi haqidagi bu hujjatlar o’zbek xalqining asriy orzusi ro’yobga chiqqanligining huquqiy ifodasi bo’ldi.

“O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to’g’risida”gi qonun 17 moddadan iborat bo’lib, mustaqil respublika uchun vaqtincha konstitutsiya rolini o’ynaydigan bo’ldi.
Ushbu qonunda O’zbekiston mustaqil demokratik davlat deb e’lon qilindi, ma’muriy-hududiy tuzilishi, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilash qonunlashtirildi. Respublikaning davlat bo’linishi hamda iqtisodiy asoslari ham qonunda o’z aksini topdi. Shuningdek, ushbu hujjatda O’zbekistonning Qoraqolpog’iston bilan munosabatlari xususida so’z borib, O’zbekiston Qoraqolpog’istonning hududiy yaxlitligini tan olishi haqida fikr yuritiladi, u O’zbekiston tarkibida ekanligi e’tirof etiladi. Bunday qonunning qabul qilinishi o’sha davrda erishilgan yutuqlarning yuqori cho’qqisi bo’ldi. Shunday qilib, o’zbek xalqi asrlar davomida orzu qilgan mustaqillikka tinch yo’l bilan, Yurtboshimiz I.A. Karimov boshchiligida respublika rahbariyatining oqilona yo’l tutishi orqali erishildi. XX asr 90-yillariga kelib jahon va sobiq Ittifoqdagi o‘zgarishlar, hamda yuzaga kelgan vaziyat o‘zbek xalqining mustaqillik uchun bo‘lgan kurashini tezlashtirib yubordi. Mana shunday jarayonda o‘zbek xalqiga munosib yo‘lboshchi zarur edi. Tarix taqozosi bilan elim deb yashovchi Islom Karimovdek jasoratli inson 198-yil 23-iyunda O‘zbekistonga rahbarlikka keldi. O‘zbekistonning yangi hukumati Markaz bilan bo‘ladigan munosabatlarni o‘zgartirmay turib, ijobiy siljishlarga erishib bo‘lmasligini va buning uchun respublikaning to‘liq mustaqilligini ta’minlash zarurligini tushunib yetdi. Uning tashabbusi bilan O‘zbekiston hukumati tomonidan 1989-yil 15-avgustda “kolxozchilar, sovxoz ishchilari, fuqarolar, shaxsiy tomorqa xo‘jaliklari va individual uy-joy qurilishini yanada rivojlantirish to‘g‘risida” maxsus qaror qabul qilindi. Garchi, bu g‘oya Ittifoq rahbarlariga yoqmagan bo‘lsa ham, I.A.Karimov o‘z fikridan qaytmay, uni jasorat bilan amalga oshira bordi. Natijada o‘sha yilning 4 oyida aholi qo‘shimcha 90,7 ming gektar yer olishdi.
O‘ta qisqa fursat ichida 1,5 milliondan ko‘proq oilaning tomorqa uchastkalari kengaytirildi, tomorqaga yetolmay yurgan 580 ming oila unga ega bo‘ldi. Tomorqa xo‘jaligi maydonining o‘sishi, unga bo‘lgan e’tiborning kuchayishi, agrar siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanishi qishloq xo‘jaligining keskin o‘sishiga olib keldi. 1989-2000 yillar mobaynida don yetishtirish 2,5 baravar o‘sib, don bo‘yicha chetga qaramlikdan qutulgan ekanmiz, bu muvaffaqiyatga erishishimizda tomorqachilarning ham munosib hissasi bor. Yana qator mahsulotlar ishlab chiqarishda ham tomorqachilarning ulushi katta. Masalan, shu davrda kartoshka ishlab chiqarish, meva, sut mahsulotlari yetishtirishda ham ijobiy o‘sishlarga erishildi. Mazkur mahsulotlarning asosiy qismi tomorqadan olinishi hech kim uchun sir emas.“Paxta ishi”, “Oʻzbek ishi” nomli kompaniyalar.Shuningdek, o‘sha vaqtda hali ham “Paxta ishi”, “O‘zbeklar ishi” kabi uydirmalar bilan o‘zbek xalqi nafsoniyatiga tegishi davom etardi. O‘zbekistonning amalda mustaqillik sari tashlangan eng muhim qadamlardan biri O‘zKP Markaziy Komitetining 1989-yil 25-noyabrdagi XVIII plenumida O‘zbekiston hukumati avvalo respublika va o‘zbeklar boshiga yog‘ilayotgan malomat toshlariga chek qo‘yish, “Paxta ishi”, “O‘zbeklar ishi” degan uydirmalarni bas qilish, Moskva matbuotida o‘zbeklarning milliy nafsoniyatiga tegadigan chiqishlarni to‘xtatish zarurligi uqtirildi. Paxta xom-ashyosi yetishtirish 1946-1985 yillarda 5,5 barovar ko‘paydi, paxta ekiladigan maydonlar 1 mln. ga. dan ortdi. 1966-1986 yillar maboynida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga 45 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, shundan 17,1 mlrd. so‘mi sug‘orish tarmoqlariga sarflandi. Shu davrda 1,5 mln. ga. yer o‘zlashtirildi. O‘zlashtirilgan yerlarda yangi 160 ta sovxozlar tashkil etilgan bo‘lib, 20 yil davomida bu yerlarda 10,4 mln tonna paxta xom ashyosi yetishtirildi.Qishloq xo‘jaligining ekstensiv yo‘ldan rivojlantirilishi, totalitar rejimning sug‘orish texnologiyasiga qo‘pol aralashuvi og‘ir ekologik va boshqa turli noxush ijtimoiy oqibatlarni keltirib chiqardi.1985 yilga keliboq respublikada 900 ta sug‘orish tarmog‘i 92 ming gidrotexnik qurilmalar, 10 mlrd m3 hajmda suv to‘playdigan 23 ta suv omborlari mavjud edi. 70-80 yillarda suvning tabiiy muvozanatini buzilishi yer, suv, hattoki havoning zaharlanishiga olib keldi.
«Paxta ishi», «O`zbеklar ishi” va ularning salbiy oqibatlari.
1983-yildan boshlab sobiq KPSS Markaziy qo‘mitasi rahbarligida O‘zbekistonda navbatdagi oshkora qatag‘onga yo‘l ochildi. “Paxta ishi”, “O‘zbeklar ishi”, “Sharqiy front” deb atalgan mash’um siyosat niqobi ostida minglab begunoh kishilar jinoiy javobgarlikka tortildi. Moskva yuborgan generallar, prokurorlar, tergovchilar istagan odamlarni hibsga olishardi.
Ma’shum nomlar bilan atalgan kompaniyavozlik davrida yo‘l qo‘yilgan xatolar, poraxo‘rlik qo‘shib yozish, mansabni suiste’mol qilish kabi illatlar ochib tashlandi. Biroq bu nuqsonlar sobiq Ittifoqqa, mavjud chirigan tuzumga qolaversa Markazga ham tegishli edi.
Markaziy matbuotning ba’zi bir mualliflari Kavkaz, O‘rta Osiyo va Qozog‘iston xalqlarining yuziga qora chaplashga harakat qila boshladilar. Bu hududlarda yashagan millatlar o‘z vaqtida mavjud jinoiy guruhlar faoliyatiga qarshi kurashganlar. Ular sotsialistik qonunchilikni buzilayotgani haqida Moskvaga arz qilishgan, biroq ularning o‘zlari, ya’ni “suvni loyqalatuvchilar” quvg‘inga uchraganlar!
1983-yilning oxirida respublikada juda og‘ir vaziyat vujudga kelgan edi. Birinchidan, jinoyatchilikka qarshi kurashish niqobi ostida sobiq markazdan ketma-ket turli tergov guruhlari tashlandi. Respublikamizdagi rahbarlik lavozimlariga sobiq Ittifoqning har xil joylaridan kadrlar kela boshladi. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining ikkinchi kotibligiga Anishchev, Ministrlar Soveti Raisining birinchi o‘rinbosari Ogarok, Oliy Kengash Prezidiumi rayisining o‘rinbosari etib Romanovskiylar tayinlandi, Toshkent shahrining taqdiri Satinga topshirildi.
Respublika prokurori etib Buturlin, uning o‘rinbosarligiga Gaydanov, tergov boshliqligiga Laptev, Ichki ishlar vazirligiga Didorenko tayinlandi. Barcha viloyatlarda ham ahvol shunday bo‘lib, ular respublikadagi hukmronlikni to‘la qo‘lga olgan edilar.
“Paxta ishi” va “o‘zbeklar ishi” deb yuzsizlarcha nomlangan tergovlar boshlanib ketdi. Gdlyan guruhi o‘zbekistonliklarga nisbatan qonunsiz, beshafqat ishlarni boshlab yubordi. Ularning zo‘ravonligi oqibatida sudlar adolatsiz hukmlar chiqara boshladi.
1989 yilgacha bu ishlar bo‘yicha 4,5 mingdan ko‘proq kishi sudlandi. O‘sha paytda respublikadagi qamoqxonalarda joy qolmagani uchun sudlanganlarning mingdan ortig‘i jazoni o‘tash uchun Sibir qamoqxonalariga jo‘natildi.
Gdlyan guruhi O‘zbekiston hududida cheklanmagan vakolatlarga ega bo‘ldi. Aybsiz odamlarni, ularning oila a’zolarini qamoqqa olish, jismoniy va ruhiy qiynoqqa solish avj oldi. Hibsga olinganlar tergov usullariga dosh berolmay o‘z jonlariga qasd qilishgacha borib yetdilar.
O‘zbekistonda inson huquqlari behad toptalayotganligi haqida Moskvaga minglab xatlar jo‘natildi. Afsuski, bu xatlar tekshirilmasdan, hatto javob yozishga ep ko‘rilmadi. Aksincha Gdlyan va uning gumashtalariga ketma-ket unvonlar berildi.
1989-yil 23-iyun kuni respublika rahbarligiga Islom Karimov saylandi. Yangi rahbarning faoliyati O‘zbekiston fuqarolarining huquqlarini himoya qilish, toptalgan huquqlarini tiklash kabi oliyjanob va xayrli ishdan boshlandi.
“Paxta ishlari”ni ko‘rib chiqish uchun maxsus komissiya tuzildi. Komissiya ish faoliyatiga 40 ming tomdan iborat ishni ko‘rib chiqish topshirildi. 1990-yilning iyun oyiga kelib, komissiya eng muhim bir xulosaga keldi. 1990-yil 13-iyun kuni Moskva shahriga SSSR Bosh prokurori, SSSR Oliy sudining rayisi va SSSR Adliya vaziri nomiga yozilgan xatda komissiya xulosalari batafsil ko‘rsatildi. Bu xatda “Paxta ishlari” chuqur tahlil qilinib, sudlanganlarni oqlash masalasi qo‘yilgan edi. Biroq yuqoridagi tashkilotlar ko‘mak o‘rniga tayziqni kuchaytirdilar Respublika rahbarining qat’iyatli harakati bilan nohaqlik barham topdi. Komissiya ikki yildan ko‘proq vaqt orasida 40 ming tomlik ishni ko‘rib chiqdi. 3,5 mingdan ko‘proq kishi oqlandi. Qolganlarning jazo muddatlari kamaytirilib, bir qismi Prezidentimiz tomonidan avf etildi.Paxta komissiyasi faoliyatining eng muhim tomonlaridan biri shundan iboratki, paxta ishlari bo‘yicha sudlanganlarning ko‘pchiligi hayotligida oqlandi, yuzlari yorug‘ bo‘ldi, toptalgan huquqlari tiklandi, o‘z ish joylariga qaytishdi, musodara qilingan mulki qaytarilib, boshqa yetkazilgan moddiy zararlar qoplandi.O‘zbekisiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, xususan, respublika rahbariyatining qat’iyatli harakati bilan nohaqlik barham topdi. Minglab begunoh fuqorolarning nomlari oqlandi.Mavjud suv zahirasi imkoniyatlaridan ortiq yerlarning o‘zlashtirilishi, tog‘ yon bag‘irlariga ekin ekilishi, o‘rmonlarni shafqatsizlik bilan kesilishi, daryo va ko‘l suvlarining ifloslanishi hayvonot olamida halokatli o‘zgarishlarni yuzaga keltirdi. Orol dengizi yaqin o‘tmishda dunyodagi eng katta ko‘llardan hisoblanib, baliqchilik, ovchilik, transport sohasi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan edi. Biroq bir avlod umri davomida bir dengiz quridi. Bir mustabid tuzum rahbariyatining respublikadagi paxta yakka hokimligi siyosati, ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyot, Orol atrofida favqulodda halokatli ekologik xatarni keltirib chiqardi.
Xulosa
Xulosa shundan iboratki Sanoat va qishloq xo‘jaligida yuzaki islohotlar xalqning turmush ahvolida deyarli o‘zgarish yasamadi. Ayniqsa, sobiq ittifoqdagina emas, balki mehnat sharoiti eng og‘ir bo‘lgan o‘zbek paxtakorlarining turmush darajasi ayniqsa achinarli ahvolda bo‘ldi.
O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari “sotsializm uzil-kesil g‘alaba qilgan” davrda aholining jon boshiga hisoblaganda quyidagicha edi: go‘sht 29 kg, sut 150 litr, tuxum 78 dona, qand-shakar 21,2 kg, kartoshka 28, sabzavot va poliz mahsulotlari 66 kilogramdan to‘g‘ri keldi. Bu miqdor umumittifoq darajasidan ancha past edi. Qishloq aholisining iste’mol darajasi bu o‘rta hisobdan ko‘ra yana ham achinarli edi.



Download 105 Kb.
1   2   3   4   5




Download 105 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekistonning mustaqillik sari tashlagan qadamlari

Download 105 Kb.