Farg’ona voqealarining kelib chiqishi




Download 105 Kb.
bet3/5
Sana10.02.2024
Hajmi105 Kb.
#154420
1   2   3   4   5
Bog'liq
MUSTAQILLIKKA ERISHISH ARAFASIDA O’ZBEKISTONDAGI IJTIMOIY-IQTISODIY JARAYONLAR

Farg’ona voqealarining kelib chiqishi
O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov Farg’ona fojia-lari haqida shunday degan edi: «Farg’onadagi voqealar va undan keyingilar turli millat kishilari o’rtasida ishonchsizlik tug’dirdi. Bularning hammasini kimlar boshladi? Imonim komilki, ushbu voqea-hodisalarning markazi respublikadan tashqaridadir. Bozor munosabatlariga o’tish davrida ittifoqdosh respublikalarning ahvoli tang bo’lishi kimlargadir juda zarur. Ana shunday vaziyatda istalgan payt-da ularning ichki ishlariga aralashish va masalani xohlagan tarafga qarab hal etish mumkin bo’ladi»Farg’ona fojiasi. 1989— yilning may-iyun oylarida Farg’onada fojiali voqealar sodir bo’ldi. 45 yil muqaddam Stalin bedodligi natijasida o’z yeridan badarg’a qilingan mesxeti turklarini o’zbek xalqi o’z bag’riga olgan, ularga mehribonlik qilgan edi. Tub joy aholi bilan mesxeti turklari o’zaro qardoshlik rishtalarini bog’lab, inoq yashardilar.Biroq 1989— yil 20-mayda Quvasoyda mahalliy aholi bilan mesxeti turklari guruhlari o’rtasida mushtlashuv sodir bo’ldi. Respublika rahbariyatining voqeani to’g’ri baholay olmaganligi va tezkorlik bilan zarur choralar ko’rmaganligi oqibatida vaziyat murakkablashdi va etnik mojaroga aylanib, qon to’kilishiga olib keldi. 3 iyun kuni kechqurun Toshloqda, so’ng Marg’ilonning mesxeti turklari zich yashaydigan «Komsomol» suv xo’jaligi quruvchilari posyolkasida ur-yiqit, uylarga o’t qo’yish, qotillik, vaxshiylik sodir bo’ldi. Keyingi kunlarda beboshlik harakatlari Farg’ona shahri, uning atrofiga tarqaldi. Olomon tomonidan sanoat korxonalariga, temir yo’l stansiyasiga, aloqa uzeliga, miJitsiya binosiga hujum qilindi. Boshboshdoqlik partiya va sovetlarga qarshi tus olib bordi. Ana shunday favqulodda vaziyatda respublika hukumat komissiyasi tuzildi. 4 lyundan boshlab komen-dantlik soati joriy etildi. Farg’onaga shoshilinch ravishda SSSR ichki ishlar vaziriigi ichki qo’shinlarining 13 ming kishilik bo’linmasi keltirildi. Ur-yiqit 7- iyun kuni yana takrorlandi va tez orada Qo’qon shahriga, Rishton, O’zbekiston va Kirov (hozirgi Beshariq) tumanlariga tarqaldi. 8- iyunda Qo’qonda aholining tinch namoyishi SSSR ichki ishlar vaziriigi qo’shinlari tomonidan o’qqa tutildi, 50 dan ortiq kishi halok bo’ldi, 200 dan ortig’i yarador qilindi. Ommaviy tus olgan tartibsizlik, ur-yiqitlarnatijasidajami 103 kishi halok bo’ldi. 1011 kishi jarohatlandi va mayib bo’ldi. SSSR ichki ishlar vaziriigi ichki qo’shinlarining 137 xizmatchisi, 110 militsiya xodimi yarador bo’ldi, militsiya xodim-laridan biri vafot etdi. 757 uy, 27 davlat binosi, 275 avtotransport vositasi yondirildi va talon-taroj qilindi.Voqealarning keng miqyos va fojiali tus olganligi sababli sovet va ma’muriy organlar mesxeti turklarini Farg’onadagi harbiy qism poligonidagi lagerga hamda

Download 105 Kb.
1   2   3   4   5




Download 105 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Farg’ona voqealarining kelib chiqishi

Download 105 Kb.