• 1. Hammasini 0 — noldan boshlab yaratish usuli.
  • Hammasini 0-noldan boshlab yaratish bosqichlari.
  • Onlayn do’kon sayti nimalardan iborat bo’ladi?




    Download 0,98 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet12/16
    Sana15.05.2024
    Hajmi0,98 Mb.
    #235522
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
    Bog'liq
    hisobot1

    Onlayn do’kon sayti nimalardan iborat bo’ladi? 

    Saytning front qismi — foydalanuvchiga ko’rinadigan qismi. Masalan bosh 
    sahifa, Katalog sahifasi, Mahsulot haqidagi sahifa va hkz. Sayt dizayni 
    desak ham bo’ladi. 

    Ma’lumotlar bazasi 

    Boshqaruv tizimi — Admin panel. Ya’ni saytga malumot qo’shish, o’chirish, 
    buyurtmalarni qabul qilish kabi ishlarni bajaruvchi qismi. Bu administrator 
    yoki operator uchun bo’lib, parol va login bilan kiriladi. 
    38


    Ana endi qanday usullar borligini ko’rib chiqamiz… 
    1. Hammasini 0 — noldan boshlab yaratish usuli. 
    Juda ko’p saytlar (shu jumladan onlayn do’konlar ham) PHP dasturlash tilida 
    yaratilgan. Hali bu hammasi emas. PHP’ga asoslangan framework (kutubxona) 
    ham alohida mavzu. Demak PHP tilida tayyorlash aniq bo’lgach endi framework 
    tanlanadi. ( Framework — bu oddiy aytganda, tayyor kod jamlamalari deyish ham 
    mumkin). Keng tarqalgan frameworklardan Laravel, Yii, yoki Codeigniter yoki 
    boshqalar bor. Bu yerda ham bir narsani unutmang. Dasturchi degani hammma 
    dasturni biladi degani emas. Hatto PHP tilida ishlovchi dasturchilarni ham o’z 
    yo’nalishi bor. Kimdurlar faqat Laravel frameworkida ishlashni afzal ko’rsa 
    boshqasi o’ziga yoqqan usulni afzal ko’radi. Demak kerakli framework tanlanadi, 
    va shu asosda ish boshlanadi. 
    Hammasini (0) noldan boshlab tayyorlashning afzal tomoni shundaki, siz o’zingiz 
    istalgan qo’shimchani istalgan shaklda kiritishiz mumkin. Yana sayt to’liq o’z 
    xohishingiz kabi bo’ladi. 
    Faqat uni avvaldan puxta rejalash kerak. 
    Yomon tarafi esa: ko’proq vaqt va pul sarflaysiz. Axir hamamsini o’zingiz qilasiz 
    yoki dasturchiga qildirasiz. Yaratish davomida turli xatoliklar chiqishi mumkin. 
    Hammasini 0-noldan boshlab yaratish bosqichlari.
    Bu usulda yaratishning o’ziga xos bosqichlari bor: Avval veb dizayner yollaysiz va 
    bo’lajak saytingizning tashqi ko’rinishini har bir sahifasigacha chizasiz. Ammo 
    hozirda tayyor dizayn kutubxonalar bor — ya’ni avvaldan chizilgan sayt 
    elementlari. Tayyor dizayn kutubxonalari yoki UI Kit deb ham ataladi. 
    Masalan: https://ecommerce-uikit.com 
    Bu esa dizayner vaqtini 80% tejaydi, va zamonaviy standartlarga javob beradi. 
    39


    Demak veb-saytingiz tashqi ko’rinishi batafsil chizilgach, endi uni html/css kodga 
    aylantirish lozim. Bu jarayon “verstka” deb ham ataladi. Yoki html shablon 
    yaratish — deb ham ataladi 
    Shu o’rinda bilib qo’yishingiz lozim. Hozirda internetda tayyor html shablonlar 
    juda ko’p. Har birini o’ziga xos ko’rinishi — dizayni bor. Agar tayyor html 
    shablondan foydalansangiz u holda dizayner yollashga hojat yo’q. 
    Bu kabi shablonlarni internetdan ko’plab topish mumkin: Masalan: https://
    themeforest.net/category/site-templates?term=ecommerce 
    Muammo shundaki, bularning tashqi ko’rinishini o’zingizga moslash biroz 
    mushkul bo’lishi mumkin, Agar maqul shablon topsangiz unda omad… Shu 
    o’rinda o’zim tayyorlagan html shablonni ham eslatib o’tmoqchiman: 
    https://bootstrap-ecommerce.com 
    Buning boshqalardan farqi, o’zingizga moslash juda oson. Qolaversa, rangi va 
    strukturasini osonlikcha moslab olasiz. Xuddi LEGO kabi tayyor bloklardan iborat. 
    Buning uchun Bootstrap, CSS va SASS ni bilish yetarli (Deyarli barcha web 
    dasturchi bularni biladi). 
    Yoki https://bootstrap-ecommerce.com/templates.html 
    Bu yerda ham tayyor html shablonlar ham bor. 
    Bu bilan ish tugamaydi. Saytni boshqaruv qismi ham yaratiladi. Ya’ni Admin 
    panel. Bu saytni admin yoki operator tomondan boshqarishni qulaylashtiradi. 
    Xullas bu usulda yaratish jarayoni to’liq sizni ixtiyoringizda. Faqat pul, vaqt va 
    tajribali dasturchi topilsa bas. Hammasi hal bo’ladi. 

    Download 0,98 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




    Download 0,98 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Onlayn do’kon sayti nimalardan iborat bo’ladi?

    Download 0,98 Mb.
    Pdf ko'rish