Sayt ochishni nimadan boshlash kerak?




Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/16
Sana15.05.2024
Hajmi0,98 Mb.
#235522
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
hisobot1

 
Sayt ochishni nimadan boshlash kerak? 
Dasturchilar orasida tuganmas bahs bor: PHP yaxshimi yoki Python, Laravel 
yaxshimi yoki Yii, Wordpress yaxshimi yoki boshqa CMS va hokazo. Bundan 
tashqari tayyor web konstruktorlar bor, xuddi LEGO kabi siz o’zingiz kerakli 
elementlarni bir biriga ulagan holda o’z saytingizni yaratasiz. Masalan 
Squarespace, Webflow, Wix va hokazo. Bular ham sizga o’zingiz uchun istalgan 
dizayndagi sayt yaratish imkonini beradi. 
37


Internet do’kon sayt yaratish uchun dasturlash tillarini tanlash 
Agar siz IT sohasini bilmasangiz yoki yuzaki bilsangiz, duch kelgan dasturchi 
(yoki tanishingiz) bilan maslahatlashasiz va u sizga faqat o’zining tajribasidan 
kelib chiqib “falon usulda qiling” deydi. Siz esa unga ishonasiz. Axir u 
dasturchiku! Keyin boshqa dasturchiga borsangiz u o’zi yaxshi bilgan usulini 
maqtaydi. Siz esa tavakkal ishni boshlaysiz. Odatda ba’zi dasturchilar “0” (nol)dan 
boshlashni afzal ko’rishadi. Yoki avvalgi ishlatgan dasturini ustidan kod yoza 
boshlashi mumkin. 
Sayt yaratish — bu ishning hali yarmi :-), Hali oldinda juda ko’p ishlar bor. To’lov 
tizimi bilan ulash (Uzkard, Humo, Payme, Click, Visa), Mahsulot yetkazish 
xizmati, Saytni muntazam takomillashtirish, (UX/UI dizaynni doim 
zamonaviylashtirish, Kodni optimizatsiyalash,…), Kontentni to’ldirish, 
mahsulotlar katalogini doimiy to’ldirish, mahsulotlarni birma bir sifatli rasmga 
olish va batafsil malumot yozish kabi ishlar. Bundan tashqari marketing va onlayn 
reklama(bu ham alohida katta mavzu). 
Demak, siz bilan ilk qadam haqida — saytni tayyorlash usullari haqida 
gaplashamiz. Chunki u sizning internet olamidagi shaxsiy do’koningiz. Oddiy 
do’kon qurishning yuzlab usuli borligini sizga quruvchilar aytib berishi mumkin. 
G’isht yoki Sement, Oynali yoki taxtali, yoki alyumin profildanmi… xullas usullar 
ko’p. Dasturlash sohasida ham deyarli shunday. 

Download 0,98 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish