• KIRISH
  • I bob. Python dasturlash tili to‘G‘risida umumiy tahlil. Python dasturlash tili tarixi 5




    Download 1.37 Mb.
    bet1/16
    Sana25.06.2023
    Hajmi1.37 Mb.
    #75660
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    Ilyosbek
    El.Tex.Qur 6, Document-WPS Office, 845b50115c80ead5a9f0dfb0f40cb94a, 365, Фарғона 2012-2016 асосий, Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish asoslari, 1-mustaqil ish, 2-ЛИГА қайднома, Kucharova Sh Kurs ishi


    MUNDARIJA

    KIRISH 2
    I BOB. PYTHON DASTURLASH TILI TO‘G‘RISIDA UMUMIY TAHLIL. 5
    1.1 Python dasturlash tili tarixi 5
    1.2 Python dasturlash tili imkoniyatlari 7
    1.3 Python dasturlash tili afzalliklari va kamchaliklari 8
    II-BOB. TURLI DASTURLASH TILLARIDA TELEGRAM-BOT YARATISH ASOSLARI. 10
    2.1 PHP dasturlash tilida Telegram-bot yaratish asoslari. 10
    2.2 Python dasturlash tilida Telegram-bot yaratish asoslari. 14
    2.3 PHP va Python dasturlash tillarida Telegram-bot yaratishning nazariy solishtirish 20
    3-BOB. PYTHONDA MA’LUMOTLAR TUZILMASI VA TILNING STANDART MODULLARI. 23
    3.1 Ro`yxat va kortej 23
    3.2 Modul tushunchasi, standart kutubxonalar, sys va copy moduli. 28
    3.3 Math, cmath, random va os moduli. 33
    XULOSA 39
    FOYDALANILGAN MANBALAR 40

    KIRISH


    Dasturlash — kompyuterlar va boshqa mikroprotsessorli elektron mashinalar uchun dasturlar tuzish, sinash va oʻzgartirish jarayonidan iborat. Odatda dasturlash yuqori saviyali dasturlash tillari (PHP, Java, C++, Python) vositasida amalga oshiriladi. Bu dasturlash tillarining semantikasi odam tiliga yaqinligi tufayli dastur tuzish jarayoni ancha oson kechadi.
    Dasturlash - elektron mashinalarda masalalarni yechish hamda ularda har xil aqliy mehnat turlarini bajarish nazariyasi va usullarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadigan fan; algoritmlar nazariyasining amaliy boʻlimi; insonning mashina bilan aloqa qilish vositasi. Asosiy vazifalaridan biri elektron mashinalar uchun programma (dastur) tuzish usullari, ularni tekshirish va takomillashtirishdan iborat. Yechilishi lozim boʻlgan masala algoritmi Dasturlashda „mashina tili“ga oʻtkaziladi.
    Dasturlash — bevosita dasturlash va avtomatik dasturlashga boʻlinadi. Bevosita Dasturlashda programmaning umumiy sxemasini ishlab chiqishdan kodlash va mashinaga kiritishgacha boʻlgan barcha ishni programmachi bajaradi. Avtomatik dasturlashda esa programmachi faqat programma sxemasini tuzib, uni qisqartirilgan simvolik kurinishda yozadi, programma tuzish va uni kodlash kabi texnikaviy ishlarni esa mashinaning oʻzi maxsus dasturlash programmasi yordamida bajaradi.
    Dasturlash jarayoni, odatda, quyidagi bosqichlarga boʻlinadi: masalaning qoʻyilishi; masalaning algoritmik tavsifini tuzish; masalani yuqori darajadagi programma tilida Dasturlash; masalani taxminiymashina tilida Dasturlash; masalani mashina tilida Dasturlash
    Dasturlash tili programmalar tuzishning asosiy vositasidir. Bu tillar konkret mashina komandalari sistemasiga bogʻliq boʻlmasligi va iboralar strukturasi jihatidan umumiy xususiyatga ega boʻlishi bilan boshqa tabiiy tillarga oʻxshab ketadi. Iboralar ikki turga — operatorlar hamda tavsiflarga boʻlinadi, ularning bir-biri bilan bogʻliqligi qavslar bilan, alohidaligi nuqtali vergul bilan ajratiladi. Operator tilning amal birligi boʻlib, oʻz navbatida, oʻzgaruvchan kattalikka qiymat beruvchi operatorlar, shartga muvofiq tegishli hisoblash tarmogʻini tanlovchi (shartli) operator va takroriy hisobni amalga oshiruvchi sikl operatorlariga boʻlinadi. Tavsifda oʻzgaruvchan kattalik va boshqa belgilar xususiyatlari yoziladi. Biror xususiy masalani yechish uchun tuzilgan programmani simvolik ravishda funksional belgilash mumkin. Bunday belgilash va tavsif birgalikda kichik programma deb yuritiladi. Yangi programmalar tuzishda kichik programmalardan tayyor holda foydalanish mumkin.
    Dasturlashning programma tuzilgandan keyingi yana bir asosiy bosqichi „tekshirish“ (otladka) boʻlib, bunda yoʻl qoʻyilgan xatolar topiladi va tuzatiladi. Programmalar kodlanadi va mashinaga maxsus qurilma yordamida kiritiladi. Amaliyotda Dasturlashning yangi va tezkor usullari bor (2004); 2) matematik dasturlash — amaliy matematikaning bir boʻlimi; umumiy maʼnoda — biron-bir funksiya fo (x) ning ekstremumini (qarang Ekstremum) topish masalasi tushuniladi.
    Dasturlash tili — maʼlumotlar (axborotlar)ni va ularni elektron mashinalarda ishlash algoritmlari (dasturlari)ni bayon qilish uchun moʻljallangan rasmiy til; odamning elektron mashina bilan bogʻlanishi uchun ishlatiladigan shartli belgilar tizimi. Dasturlash tili tabiiy til bilan shartli mashina tili orasidagi oʻrinni egallaydi. Dasturlash tilining asosiy vazifasi dasturlar tuzish (Dasturlash) vositasi boʻlishi, yaʼni maʼlumotlarni ifodalash va ularni EHM (kompyuter) da ishlashda qoʻllanishidan iborat.
    Inson kabi kompyuter ham oʻziga xos tilda muloqot qiladi. Bu til faqat kompyuter tushunadigan til boʻlib, u cheklangan lugʻat va qatʼiy yozish qoidalaridan iboratdir. Kompyuter tushunadigan va muloqot olib boradigan „til“ DASTURLASH TILI deb ataladi. Istalgan dasturlash tilini bilgan shaxs óz dasturini bemalol tuza oladi.
    Protsessor dasturlash tilida yozilgan dasturni toʻgʻridan - toʻgʻri tushunmaydi. Buning uchun dasturni protsessor tiliga tarjima qiladigan (raqamli oʻtkazib beruvchi) tarjimon tili - translyatordan foydalaniladi. Tarjimon tilining ikkita turi mavjud: kompilyator va interpretator.

    1. KOMPLIYATOR dasturlash tilida yozilgan dastur kodini tólaligicha oʻqib, mashina kodiga tarjima qiladi va tarjima natijalarini bajariladigan yaxlit bitta faylga yigʻadi.

    2. INTERPRETATOR dasturlash tilida yozilgan kodni bosqichma -bosqich mashina kodiga aylantirib, tahlil qiladi va berilgan buyruqlarni ketma- ketlikda bajaradi. Agar xatolik sodir bólsa, ósha zahoti xabar beradi. Dasturlash tillari juda koʻl boʻlib, ularning har biridan oʻziga xos masalalarni yechishda foydalanish mumkin. Quyida ularning eng mashhurlari haqida maʼlumotlar bilan tanishamiz.

    Download 1.37 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 1.37 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I bob. Python dasturlash tili to‘G‘risida umumiy tahlil. Python dasturlash tili tarixi 5

    Download 1.37 Mb.