Ta'lim qonuniyatlari va tamoyillarining shakllanish tarixi




Download 200,13 Kb.
bet43/66
Sana09.12.2023
Hajmi200,13 Kb.
#114466
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   66
Bog'liq
1-Mavzu Pedagoglik kasbining jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni

Ta'lim qonuniyatlari va tamoyillarining shakllanish tarixi. Ibtidoiy jamiyatda insoniyat o'sib kelayotgan avlodga mavjud bilimlarni uzatish asosida amaliy bilimlari asta-sekin shakllangan. O'sha davrdayoq ta'lim amaliy qoidalari ishlab chiqilgan va avloddan-avlodga uzatib kelingan.
Antik davrda asosan ajdodlar tajribasi an'analar tarzida umumlashtirilib, amaliy ta'lim masalalari hal etilgan. Platon va Aristotellar tavsiya hamda qoidalar to'plami ko'rinishida amaliyotiy ta'lim mohiyatini umumlashtirishga uringanlar.
Sharqdagi Uyg'onish davrida (IX-XI asrlar) arab, musulmon madaniyatining Yaqin va Markaziy Osiyo xalqlarining moddiy va ma'naviy madaniyati bilan birlashishi asosida alohida sinkretik (yunoncha svnkretismos - birlashish. yaxlitlik. qo'shilish) madanivat birlashgan turi yuzaga kelgan. Allomalar Muhammad al-Xorazmiy (787-850-yillar), Abu Nasr Forobiy (870-950-yillar), Al-Kindiy (800-870-yillar), Abu Rayhon Beruniy (973—1050-yillar), Abu Ali ibn Sino (980— 1037-yillar) va boshqalar uning asoschilari sifatida mashhur bo'ldilar. Bu madaniyatning asosiy markazlari Suriya, Eron, Markaziy Osiyo hududlarida joylashgan. Sharq mutafakkirlari o'z asarlarida ta'lim usullari, qoidalari, tamoyillari, metodlari va shakllari asosida ta'lim amaliyotining mohiyatini ifoda etadilar. Biroq ta'lim masalalari bilan ular maxsus va izchil shug'ullanmaganliklari bois maxsus didaktik nazariya yaratilmadi. Ta'limni ular fan sifatida emas, boshqa fanlarga o'rgatish san'ati, hunarmandchilik sifatida tushundilar. Sharq allomalari tomonidan ilgari surilgan qoida, usul va tamoyillarning aksariyati zamonaviy maktablarda ham qo'llanilmoqda.
Quyidagi jadvaldan Sharq allomalari Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Al-Kindiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Muslihiddin Sa'diy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiylar ham ta'limning ilmiyligi. ongliligi. ko'rgazmaliligi, tushunarliligi, ketma-ketligi, muntazamligi. moslashuvchanligi va mustaqilligi, shuningdek. bolaning individual xususiyatlari, lavoqati va qobiliyatlarini hisobga olish, ta'limni insonparvarlashtirish kabi qoida va tamoyillarni ifoda etib berganlari anglanadi.
XVII asrda, pedagogika amaliy tabiatshunoslik sifatida biologiya qonuniyatlariga bo'ysunishi e'tirof etilgan. Pedagogikani tubdan qayta qurishni chex olimi Ya.A.Komenskiy va ingliz pedagogi Djon Lokk amalga oshirdilar.
Ular pedagogik qonunlarining quyidagi uch jihatiga ko'ra guruhlaganlar:

  1. Itimoiy-tarixiy.

  2. Tabiiy-tarixiy.

  3. Psixologik.

Keyinchalik bir guruh ilg'or pedagoglar umumiy tamoyillar bilan qanoatlanmay, didaktik qonuniyatlarini ifoda etishga uringanlar. Xususan, Ya.A.Komenskiy didaktikaning tematik belgilariga ko'ra guiuhlangan quyidagi qoidalar tizimini ilgari surdi:
1.«Ta'lim va oson o'qishning asosiy qoidalari» («Buyuk didaktika» -XVII bob);

  1. «Tabiiy o'qish va ta'limning asosiy qoidalari»; «Fanlarga o'qitish san'atining to'qqiz qoidasi» (XX bob) va boshqalar. Dsterveg tomonidan asoslangan qoidalar soni 33 ta bo'lib, ular muayyan loyihalarga taalluqli ekanligiga ko'ra guruhlarga ajratadi (birinchi guruh - o'qituvchiga nisbatan, ikkinchisi - dars tashkil etilayotgan fanga nisbatan, uchinchisi — o'quvchiga nisbatan va hokazolar tarzida). Shu bilan birga Disterveg mazkur qoidalarning ayrimlarini qonunlar ham deb ataydi.


Download 200,13 Kb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   66




Download 200,13 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ta'lim qonuniyatlari va tamoyillarining shakllanish tarixi

Download 200,13 Kb.