|
Mutaxasislikka kirish
|
bet | 39/66 | Sana | 09.12.2023 | Hajmi | 200,13 Kb. | | #114466 |
Bog'liq 1-Mavzu Pedagoglik kasbining jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rnita'limni boshqarish - ta'lim muassasalarining faoliyatini yo'lga qo'yish, boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash;
ta'lim tizimi — yosh avlodga ta'lim-tarbiya berish yo'lida davlat tamoyillari asosida faoliyat yuritayotgan barcha turdagi o'quv-tarbiya muassasalari majmui.
Didaktik nazariya (konsepsiya)lar va ularning falsafiy asoslari.
Ta'lim jarayoni psixologik-pedagogik konsepsiyalar (ular aksariyat hollarda didaktik tizimlar ham deb ataladi) asosida tashkil etiladi.Didaktik tizim (yunoncha «systema» — yaxlit qismlardan tashkil topgan, birlashtirish) — ma'lum mezonlari asosida ta'lim jarayonining yaxlit holatini belgilash, ajratib ko'rsatish demakdir. U ta'limning maqsadi, tamoyillari, mazmuni, shakli, metod va vositalarining birligi asosida tashkil etilgan tuzilmalarning ichki yaxlitligini ifodalaydi. Tadqiqotchilar mavjud didaktik konsepsiya (tizim)larni umumlashtirib quyidagi guruhlarga ajratadilar: an'anaviy; progressiv; zamonaviy.
An'anaviy didaktik tizimning yaratilishi nemis faylasufi, psixolog va pedagog I.F.Gerbart (1776-1841-yillar) nomi bilan bog'liq. U Ya.A.Komenskiyning sinf-dars an'anaviy tizimini tanqidiy nuqtayi nazardan qayta asoslab, etika va psixologiyaning nazariy yutuqlariga tayangan holda ta'lim tizimini yaratdi.
I.F.Gerbart ta'lim tizimining asosiy belgisi quyidagilardan iborat: o'quvchilarning intellektual rivojlanishini ta'minlash maktabning asosiy vazifasi; bolani tarbiyalash esa oilaning vazifasidir.
Progressiv (pedosentrik) tizim bolaning bilim olishida faoliyatining asosiy rol o'ynashini e'tirof etadi. Mazkur tizim asosini D.Dyui tizimi, G.Kershteynning mehnat maktabi, V.Lay nazariyalari tashkil etadi.
Zamonaviy didaktik tizim. XX asrning 50-yillarida psixolog va pedagog B.Skinner qismlarga bo'lingan axborotlarni yetkazish, bu jarayonni muntazam nazorat qilish asosida materialni o'zlashtirishda samaradorlikka erishish g'oyasini ilgari suradi. Mazkur g'oya keyinchalik dasturiy ta'lim deb ataladi. Keyinchalik N.Krauder nazorat natijalariga qarab o'quvchiga mustaqil ishlash uchun turli materiallarni taklif etadigan tarmoqlashtirilgan dasturlarni yaratdi.
D.Dyuining nazariy g'oyalari muammoli ta'limning asosi bo'lib qoldi. Bugungi kunda muammoli ta'lim deb nomlanuvchi, ushbu g'oya o’qituvchi rahbarligi ostida muammoli vaziyatni yaratish va ularni hal etishda o'quvchilarning faollik va mustaqilliklarini ta'minlashga enshishni nazarda tutadi. Muammoli ta'limning vazifasi faol o'rganish jarayonini rag'batlashtirish, o'quvchilarda fikrlash, tadqiqotchilik ko'nikmalarini shakllantirishdan iboratdir.
L.V.Zankovning (1901 —1977-yillar) rivojlantiruvchi ta'lim konsepsivasi XX asrning 50-yillarida keng tarqaldi. Uning g'oyalarini amalga oshirish ta'lim jarayoniga insonparvarlik g'oyasini singdirish, shaxsni barkamol rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga imkon beradi.
|
| |