|
bilim — shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma'lum obrazlar ko'rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma'lumotlar majmui; bilim olish
|
bet | 38/66 | Sana | 09.12.2023 | Hajmi | 200,13 Kb. | | #114466 |
Bog'liq 1-Mavzu Pedagoglik kasbining jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rnibilim — shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma'lum obrazlar ko'rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma'lumotlar majmui; bilim olish - idrok etish, o'rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko'nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyibborish jarayoni;
ko'nikma - olingan bilimlarga asoslanib qo'yilgan vazifalar va shartlarga binoan bajariladigan harakatlar yig'indisi;
malaka - ongli xatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi;
ta'lim - o'quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko'nikma va malakalarni shakllantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o'stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo'naltirilgan jarayon;
ta'lim metodlari - ta'lim jarayonida qo'llanilib, uning samarasini ta'minlovchi usullar majmui;
ta'lim mazmuni - shaxsning aqliy va jismoniy qobiliyatini har tomonlama rivojlantirish, dunyoqarashi, odobi, xulqi, ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlik darajasini shakllantirish jarayonining mohiyati;
ta'lim vositalari - ta'lim samaradorligini ta'minlovchi obyektiv (darslik, o'quv qoilanmalari, o'quv qurollari, xarita, diagramma, plakat, rasm, chizma, dioproektor, magnitafon, videomagnitafon, uskuna, televizor, radio, komputer va boshqalar) va subyektiv (o'qituvchining nutqi, namunasi, muayyan shaxs hayoti va faoliyatiga oid misollar va hokazolar) omillar;
ta'lim iarayoni - o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o'zlashtirishga yo'naltirilgan pedagogic jarayon;
ta'lim mazmuni - davlat ta'lim standartlari asosida belgilab berilgan hamda ma'lum sharoitda muayyan fanlar bo'yicha o'zlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy bilimlar mohiyati;
ta'lim maqsadi (o'qish. bilim olish maqsadi) - ta'limning aniq yo'nalishini belgilab beruvchi yetakchi g'oya;
ta'lim natijasi (ta'lim mahsuli) - ta'lim yakunining mohiyatini qayd etuvchi tushuncha; o'quv jarayonining oqibati; belgilangan maqsadni amalga oshirish darajasi;
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
bilim — shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma'lum obrazlar ko'rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma'lumotlar majmui; bilim olish
|