O’quv jarayonida nazorat va hisobga olish funktsiyalari




Download 200,13 Kb.
bet58/66
Sana09.12.2023
Hajmi200,13 Kb.
#114466
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   66
Bog'liq
1-Mavzu Pedagoglik kasbining jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni

O’quv jarayonida nazorat va hisobga olish funktsiyalari. Ta'lim jarayonining muhim tarkibiy qismlaridan biri — nazorat va hisobga olishdir. Bu tushunchalar o'ziga xos mohiyat va xususiyatlarga ega. O'qituvchi nazorat va hisobga olishni to'g'ri tashkil etsa, ta'lim jarayonining samaradorligi ortadi. Buning uchun o'qituvchi o'quvchining o'quv materiallarini o'zlashtirish darajasini aniqlab borishi lozim.
Nazorat (ta'lim jarayonida) ta'lim oluvchining bilim, ko'nikma va malakalari darajasini aniqlash, o'lchash va baholash jarayonini anglatadi. Aniqlash va o'lchash esa tekshirish deb ataladi.
Tekshirish — nazoratning tarkibiy qismi bo'lib, uning asosiy didaktik vazifasi o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasida aks aloqani ta'minlash, pedagog tomonidan o'quv materialini o'zlashtirish haqida obyektiv axborot olinishi hamda bilimlardagi kamchilik va nuqsonlarni o'z vaqtida aniqlashdir. Tekshirishning maqsadi nafaqat o'quvchining bilim darajasi, sifati, balki uning o'quv mehnati hajmini ham aniqlashdan iborat. O'quvchilarning bilim va malakalarini tekshirish quyida ko'rsatilgan mantiqiy ketma-ketlikda olib borilishi kerak:
Tekshirish tizimidagi birinchi bo'g'in ta'lim oluvchilarning bilim darajasini oldindan aniqlash hisoblanadi. Odatda, u o'quv yili boshida o'quvchilar tomonidan avvalgi o'quv yilida o'zlashtirilgan bilimlari darajasini aniqlash maqsadida o'tkaziladi. Bu kabi tekshirish, shuningdek, o'quv yilining o'rtasida yangi bo'lim (kurs)ni o'rganishga kirishilganda ham o'tkazilishi mumkin va o'rinli bo'ladi.
Bilimlarni tekshirishning ikkinchi bo'g'ini har bir mavzuni o'zlashtirish jarayonidagi joriy tekshirishdir. Joriy tekshirish ta'lim oluvchilar tomonidan o'quv dasturida belgilangan ayrim alohida elementlarni o'zlashtirish darajasini tashxislash imkonini beradi. Mazkur tekshirishning asosiy vazifasi o'rgatishdir. Bunday tekshirishning shakl va metodlari turlicha bo'lib, ular o'quv materiali mazmuni, murakkabligi, o'quvchilarning yoshi va tayyorgarligi, ta'lim bosqichi va maqsadlari, muayyan pedagogik sharoitlarga bog'liq bo'ladi.
Takroriy tekshirish bilim, ko'nikma va malakalarni tekshirishning uchinchi bo'g'ini sanalib, joriy tekshirish kabi mavzuli bo'lishi mumkin. Yangi mavzuni o'rganish bilan birga o'quvchilar avval o'rganilganlarni takrorlaydilar. Takroriy tekshirish bilimlarni mustahkamlashga ko'maklashadi, biroq o'quv ishlari bosqichini tavsiflash, bilimlarni o'zlashtirish mustahkamligi darajasini tashxislash imkonini bermaydi. Ushbu tekshirish tashxisning boshqa turlari va metodlari bilan birga qo'llanilsagina kutilgan samarani beradi.
Tizimning to'rtinchi bo'g'ini o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini yaxlit bo’lim yoki kursning alohida mavzusi bo'yicha davriy tekshirish hisoblanadi. Mazkur tekshirishning maqsadi — kursning turli qismlarida o'rganilgan o'quv materialining strukturaviy elementlari o'rtasidagi o'zaro aloqalarni o'zlashtirish sifatini tashxislash. Davriy tekshirishning asosiy vazifasi — tizimlashtirish va umumlashtirish.
Tekshirishni tashkil etishda beshinchi bo'g'in ta'lim oluvchilarning, ta'lim jarayonining barcha bosqichlarida egallangan bilim, ko'nikma va malakalarini yakuniy tekshirish va hisobga olishdir. O'zlashtirishning yakuniy hisobi har bir chorak va o'quv yili oxirida o'tkaziladi.
Tekshirishdan tashqari nazorat o'z ichiga baholashni (jarayon sifatida) va bahoni (natija sifatida) ham oladi. Baholash deb bilim, ko'nikma va malakalarni o'quv dasturida ko'rsatilgan etalon (ko'rstakich, qolip, o'lchagich)lar bilan solishtirishni aytamiz. Baho deb baholashning ball shaklida ko'rsatilgan son jihatdan o'lchamiga aytiladi. O'zlashtirish tabellari, sinf, guruh jurnallari, reyting daftarchalari va shu kabilarda baholar shartli belgilar, kod signallari, xotiralash belgilari va hokazolar baho ko'rinishida qayd etiladi. O'quvchining o'zlashtirish darajasini baholash uchun nazorat yakunlari (natijalari) asos bo'ladi. Bunda o'quvchilar ishining ham sifat, ham miqdor ko'rsatkichlari hisobga olinadi. Miqdor ko'rsatkichlari ko'proq ballar yoki foizlarda, sifat ko'rsatkichlari esa a'lo, yaxshi, qoniqarli va hokazo baholovchi fikrlar yordamida qayd etiladi. Har bir baholovchi fikrga oldindan kelishilgan (belgilangan) ball, ko'rsatkich (masalan, o'rin — 1, 2, 3, 4 va hokazo) tayinlanadi. Bunda baho o'lchash va hisoblashlar natijasida olinadigan son emas, balki baholovchi fikrga yuklangan ma'no ekanini unutmaslik muhim. Baholarni son sifatida qo’yilishga berilib ketishning oldini olish uchun bir qator mamlakatlarda baholar harfli (A, V, S, D va hokazo) ifodaga ega.
Bahoni amalda egallangan bilim, ko'nikma va malakalar bilan davlat ta'lim standartiga ko'ra o'zlashtirilishi belgilangan bilim, ko'nikma va malakalar umumiy hajmi o'rtasidagi nisbat sifatida tushunish (ta'riflash)dan ta'lim darajasining miqdoriy mazmuni kelib chiqadi.

Download 200,13 Kb.
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   66




Download 200,13 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’quv jarayonida nazorat va hisobga olish funktsiyalari

Download 200,13 Kb.