|
PIRLS -Progress in International Reading and Literacy Study
|
bet | 65/66 | Sana | 09.12.2023 | Hajmi | 200,13 Kb. | | #114466 |
Bog'liq 1-Mavzu Pedagoglik kasbining jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rniPIRLS -Progress in International Reading and Literacy Study
4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini baholashga mo‘ljallangan. Mazkur xalqaro dastur boshlang‘ich sinflarda tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarning o‘qilgan matnni tushunishi, uni sharhlashi, mustaqil hayotda to‘g‘ri qarorlar qabul qilishi orqali ta’limning keyingi bosqichida o‘qishni muvaffaqiyatli davom ettirishga zamin tayyorlaydi.
TIMSS – Matematika va tabiiy fanlarni o‘zlashtirish sifatini Xalqaro monitoring qilish va baholash tizimi. Bu tadqiqot o‘quvchilarning matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha boshlang‘ich maktabning 4 sinfi va tayanch maktabning 8 sinf o‘quvchilarining o‘zlashtirish darajasini dunyoning turli mamlakatlarida qiyosiy o‘rganishni maqsad qilib qo‘ygan va olingan natijalarga muvofiq har bir mamlakatning ta’lim tizimining o‘ziga xos xususiyatlari va yutuqlarini e’tirof etadi.
Teaching and Learning International Survey
TALIS – turli mamlakatlarda tashkil etiladigan pedagogik jarayonlarning xalqaro qiyosiy tahliliga asoslangan tadqiqot bo‘lib, Xalqaro iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti tomonidan ta’sis etilgan.
Teaching and Learning International Survey
Maktabda pedagogik faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar va ta’lim muassasalari rahbarlarini ta’lim-tarbiya jarayonini tahlil etishga yo‘naltirish, ta’lim siyosatining asosiy aspektlari bo‘yicha ta’lim sifatiko‘rsatkichlarinianiqlashmezonlariniishlabchiqish
Xalqaro konsorsium, o‘qituvchilar assosiatsiyasi, mamlakat-lararo hamkorlikni yo‘lgaqo‘yish
Anketa savollariga yozilgan javoblarni tahlil etish, ta’lim sifati ko‘rsatkichlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan omillarni aniqlash, foydalanilmayotgan resurslarni belgilash, ular yuzasidan taqdimot, ko‘rsatma va hisobotlar tayyorlash.
Talisning vazifalari:
o’qituvchining kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish
Pedagogika mutaxassisligi uchun iqtidorli yoshlarni tanlash
Uzluksiz malaka oshirish jarayonini takomillash- tirish
Moderator o’qituvchilarni tanlash
Pedagogning ijtimoiy mavqeini oshirish
PISA–o‘quvchilarning ta’limiy yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro dastur PISA (inglizcha - Programme for International Student Assessment) – turli davlatlarda 15 yoshli o‘quvchilarning savodxonligini (o‘qish, matematika, tabiiy fanlar) hamda bilimlarini amaliyotda qo‘llash qobiliyatini baholovchi dastur. Bu dastur 3 yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Dastlab 1997-yilda ishlab chiqilgan va 2000-yilda birinchi marta qo‘llanilgan. PISA bo‘yicha bahoning 50 ballga oshishi har yillik Yalpi ichki mahsulo t(YaIM)ning 1%ga o‘sishini ta’minlaydi.
|
| |