Dars o’quv maqsadi: Talabalarga signallarga raqamli ishlov berish, yuqori
darajali raqamli modulyasiya qilish metodlari va signallarni raqamli uzatishda
qo’llaniladigan kodlashtirish va kodli modulyasiya qilish haqida tushunchalar
berish.
shovqinlarga va so’nib qolishlarga kam ta’sirchan qiladi va korreksiyalash
metodlari va bir qancha tashuvchilardan foydalanish belgilar orasidagi
interferensiyani kamaytirish imkoniyatini beradi. Raqamli modulyasiyada
qo’llaniladigan spektrlarni kengaytirish metodlari, so’nish ta’sirlarini bir vaqtda
yo’qotish yoki qabul qilishda ko’p nurli tarqaluvchi signallarni jamlash va
interferensiyaga qarama – qarshi turishi va undan tashqari ko’p signallarn qabul
qilish imkoniyatini yaratadi. Raqamli modulyasiya qilishda berilganlarni shifrlash
juda sodda bo’lib, bu ruxsat etilmagan murajatlardan axborotlarni himoyalash va
juda yuqori xavfsizlikni ta’minlaydi. Shuning uchun simsiz aloqa uchun keyingi
yillarda yaratilayotgan va rejalashtirilayotgan sistemalarning barchasi raqamli
hisoblanadi.
Raqamli modulyasiya va demodulyasiyada aloqa kanallari orqali axborotlar
bitlar oqimlari ko’rinishida uzatiladi. Bit bu ikkilik belgilari bo’lib, 1 yoki 0
qiymatlarni qabul qiladi. Bunday bitlar axborot anbalaridan kelib tushadi va
raqamli yoki analogli ko’rinishda (ARO’ bilan birgalikda) bo’lishi mumkin.
Manbadan raqamli yoki ARO’ga ega analogli bitli axborotlar ketma-ketligini olish
uchun axborotlarni siqish talab etiladi. Raqamli modulyasiya axborotli bitlarni
kanal bo’yicha uzatish uchun analogli signalga o’zgartiradi. Demodulyasiya
qilishda kanal bo’yicha qabul qilingan signal asosidagi dastlabki bitlar ketma-
ketligini tiklash amalga oshiriladi. Raqamli modulyasiya qilishning konkret
metodini tanlashda quyidagi asosiy qarashlarga tayaniladi:
- ma’lumotlarni uzatishda yuqori tezkorlik;
- spektrdan foydalanishda yuqori samaradorlik (chastota diapazonining
minimal qiymati);
- quvvat byudjeti ma’nosida yuqori samaradorlik ( uzatishda talab qilingan
minimal quvvat);
- kanaldagi xalallarga chidamlilik (bitlar bo’yicha xatoliklarning minimal
extimolligi);
- kam quvvatli va unchalik qimmat bo’lmagan qurilmalar yordamida amalga
oshirish.
Ko’pincha bu talablar bir-biriga qarama-qarshi hisoblanib, ular orasida yaxshi
kompromisga erishiladigan modulyasiyalash metodlari tanlanadi.
Raqamli modulyasiya qilishning ikkita asosiy kategoriyasi mavjuddir, ya’ni
amplitudali, faza va chastotali modulyasiya. Chastota-modulyasiyalangan signal
ko’pincha doimiy egiluvchiga ega bo’lib, nochiziqli metodlardan foydalanib
generasiya qilinadi, uni yana doimiy egiluvchi yoki nochiziqli modulyasiya
qiluvchi deb ataladi, amplitudali va fazali modulyasiyani esa, chiziqli modulyasiya
deb ataladi. Chiziqli modulyasiya qilish, nochiziqli modulyasiya qilishga
qaraganda yaxshi spektral xarakteristikalarga ega hisoblanadi, chunki nochiziqli
ishlov berish spektrning kengayishiga olib keladi. Lekin amplitudali va fazali
modulyasiyada axborot uzatilayotgan signalning amplitudasida yoki fazasda
mavjud bo’ladi va ular so’nish va interferensiya ta’sirlarini juda sezuvchan
hisoblanadi. Undan tashqari amplituda va faza modulyasiya uslublari ko’pincha
chiziqli
kuchaytirgichlarni
talab
qiladi,
bunday
qurilmalar
nochiziqli
modulyasiyada qo’llaniladigan nochiziqli kuchaytirgichlarga qaraganda qimmat
turadigan va quvvati jihatdan kam samarali qurilmalar hisoblanadi. Shuning uchun
chiziqli va nochiziqli modulyasiya o’rtasidagi kelishuv, bir tomondan spektrdan
foydalanish samaradorligi bilan, ikkinchi tomondan quvvat bo’yicha samaradorligi
va kanalning o’tkazuvchanligining yomonlashuviga bo’lgan turg’unlikni tanlash
hisoblanadi. Modulyasiya uslubi aniqlangandan so’ng, kombinasiya o’lchamini
tanlash kerak hisoblanadi (holatlar diogrammasi o’lchamini). Ko’p sonli holatlarga
ega modulyasiya uslublari signalning berilgan o’tkazuvchanlik polosasida
ma’lumotlarni yuqori tezkorlikda uzatilishini ta’minlaydi, lekin apparaturalarning
deffektlariga, shovqinlarga va so’nishlarga juda sezgir hisoblanadi. Ba’zi bir
demodulyatorlarda, uzatilayotgan signalga nisbatan kogerent bo’lgan tayanch faza
talab qilinadi. Bunday kogerent fazani hosil qilish murakkab hisoblanadi yoki
qabul qilgichning murakkabligini oshirib yuboradi. Shuning uchun qabul qilgichda
kogerent tayanch faza talab qilmaydigan modulyasiya uslublari kelajagi porloq
uslublar hisoblanadi.
|