Tushunchalar va tayach iboralar: raqamli modulyasiya, signal spektri,
kodlashtirish,
kodli modulyasiya qilish, chiziqli modulyasiya, kogerent tayanch
faza,
axborotli bitlar oqimi, kvadraturali tashkil etuvchilar, yulduzsimon nuqtalar.
Asosiy savollar:
1
Signallarga raqamli ishlov berishda gi afzalliklar.
2. Raqamli modulyatsiya va demodulyatsiya
3. Chegaralangan o’tkazuvchanlik polosasida modulyatsiya qilish tamoyili
4. Amplitudali va
fazali modulyatsiya
5. Chastota modulyatsiyasi
Nazariy ma’lumotlar:
Keyingi yillada apparatli ta’minot va signallarga raqamli ishlov berishda
erishilgan yutuqlar raqamli
qabul qilgich va uzatkichlarni, analoglilariga nisbatan
arzonroq, ishlashi tezkor va kam energiya talab qiluvchi qurilmalar sifatida
nomoyon etdi. Undan tashqari raqamli modulyasiya
analogli modulyasiyaga
nisbatan juda ko’p afzalliklarga egadir, ya’ni signal spektridan foydalanishda
nisbatan yuqori samaradorlikka ega, xatoliklarni to’g’rilashda samarali uslublarga
ega,
kanaldagi xalallarga chidamli, ko’pstasionar murojatlar uchun samarali
uslublarga ega, undan tashqari ruxsat etilmagan murajatlardan himoyalash va
axborot xavfsizligi juda yaxshi hisoblanadi. Xususan,
yuqori darajali raqamli
modulyasiya qilish metodlari, ya’ni ko’p marotabali kvatraturali amplituda
modulyasiya, analogli modulyasiyaga qaraganda
spektrdan juda samarali
foydalanishni ta’minlaydi. Signallarni raqamli uzatishda qo’llaniladigan
kodlashtirish va kodli modulyasiya qilishga erishish, bunday signallarni