|
N. E. Duisenov abstract
|
bet | 2/7 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 0,71 Mb. | | #250078 |
Wi-Fi texnologiyasi hozirgi kunga kelib kompyuter olamida eng perspektiv kompyuter tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Wi-Fi (Wireless Fidelity) — ingliz tili so’zlaridan tashkil topgan bo’lib, «simsiz bog’lanish» ma’nosini anglatadi. Wi-Fi texnologiyasi raqamli ma’lumotlarni radiokanallar orqali jo’natish turlaridan biridir. Ushbu texnologiya yaratilishida avvalo korporativ foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan bo’lib, kabelli tarmoqni o’rnini egallashi bashorat qilingandi. Bizga ma’lumki kabelli tarmoqli kompyuter tarmog’ini yaratish uchun bir necha ming kabel tarmog’ini qo’lda o’rnatish hamda maxsus tarmoq topologiyasini o’rnatish talab qilinadi. Wi-Fi radiochastotalarning qisqartirilgan boshqaruv chastotalarida ishlovchi simsiz ma’lumot almashinish standartlashtirilgan texnologiyasi. Odatda Wi-Fi tarmog’i orqali
WLAN(Wireless Local Area Network — Simsiz Lokal Tarmoq) tarmoqlar yaratiladi. Ushbu tarmoqda yuqori radioto’lqinlar orqali aloqa tashkil qilinuvchi hamda ma’lumot almashinishini ko’rish mumkin bo’ladi. Bu tizim kabelli tarmoqni kengayishi yoki unga alternativ sifatida bitta ofis, butun bir
bino yoki bir maydon territoriyasida ishlatiladi. Wi-Fi texnologiyasi minglab kabel tarmog’ini tushirish kabi mablag’li jarayon uchun mablag’laringizni tejash bilan birga, o’rnatishni oddiyligi esa murakkab texnik o’rnatish jarayonlariga vaqtni iqtisod qilinishini bu tarmoqni boshqa tarmoqlardan ustun qilib qo’yadi. Simsiz tarmoqlar radiochastotalardan foydalanishiga sabab radioto’lqinlar bino yoki umuman ofislardagi devor yoki shunga o’xshagan to’siqlardan ham o’tib
ketaveradi va umuman hech narsa unga to’siq bo’la olmaydi(masofadan tashqari
albatta!). Simsiz tarmoqlar o’z-o’zidan kabelli tarmoqlardan ishonchliroq hisoblanadi. Ko’pchilik WLAN tarmoqlarini diapazoni yoki qoplash
maydoni 160 metrni tashkil qiladi, bu albatta uning yo’lidagi to’siqlarning qanaqaligiga va qanchaligiga bog’liq bo’ladi. Ushbu tarmoqni ishlash tezligi kabelli tarmoq bilan tenglashashi ham mumkin va undan bir necha barobar yuqori ham bo’lishi
mumkin. Bu albatta qaysi standartidan foydalanishga ham bo’gliq bo’ladi. 1-rasm. Wi-Fi aloqa tarmog’i Xuddi oddiy tarmoqlar kabi WLAN
tarmog’ida ham ma’lumotlarning o’tkazuvchanlik qobiliyati uning topologiyasidan, yuklanishidan, yuklanish nuqtasining masofasiga va shu kabi parametrlarga bog’liq bo’ladi. Ushbu tarmoqni eng qulay tomonlaridan birinchisi uni oson o’rnatilishida bo’lsa ikkinchisi esa Wi-Fi tarmog’ini kengaytirishdagi muammolarni umuman yo’qligi yoki boshqacha qilib aytganda ushbu tarmoq kengayishi oson bo’lgan eng sodda tarmoq hisoblanadi desam mubolag’a bo’lmasa kerak. Ushbu WLAN tarmo’gini kengaytirish uchun esa amaliy jihatdan yondoshib qaraganda yangi ulanish nuqtalarini yaratishning o’zigina kifoya. Wi-Fi qurilmasini yoki razvyortkasini sotib olayotgan
foydalanuvchi o’zini bemalol quyidagi imkoniyatlarni ega deb hisoblashi mumkin:
Ko’p funksional multiservisli simsiz aloqa bilan birgalikda qo’shimcha qurilmalar bilan ishlovchi maxsus qurilma
Yuqori tezlikda uzoq masofalarga ma’lumot almashinish imkoniyatiga ega bo’lasiz
Tarmoqni kengaytirish uchun deyarli hech qanday ishni amalga oshirishni
keragi yo’q:yangi foydalanuvchi tarmoqqa ulanish uchun tarmoqqa ulanish parolini bilishi buning uchun yetarli hisoblanadi.
Ushbu foydalanuvchi internet texnologiyalari hamda telekommunikatsiya sohalarining eng oxirgi yutuqlaridan foydalanayotgan bo’ladi.
Quyidagi rasmda Wi-Fi tarmog’iga ulanish qurilmalari keltirilgan. 2-rasm. Wi-Fi tarmog’iga ulanish qurilmalari
Xuddi oddiy tarmoqlar kabi WLAN tarmog’ida ham ma’lumotlarning o’tkazuvchanlik qobiliyati uning topologiyasidan, yuklanishidan, yuklanish nuqtasining masofasiga va shu kabi parametrlarga bog’liq bo’ladi. Ushbu tarmoqni eng qulay tomonlaridan birinchisi uni oson o’rnatilishida bo’lsa ikkinchisi esa Wi-Fi tarmog’ini kengaytirishdagi muammolarni umuman yo’qligi yoki boshqacha qilib aytganda ushbu tarmoq kengayishi oson bo’lgan
eng sodda tarmoq hisoblanadi desam mubolag’a bo’lmasa kerak. Ushbu WLAN tarmo’gini kengaytirish uchun esa amaliy jihatdan yondoshib qaraganda yangi ulanish nuqtalarini yaratishning o’zigina kifoya.
INTERNET – jahon bo‘yicha kompyuter tarmoqlaridan tuzilgan yaxlit tarmoq bo‘lib, axborot almashinuvining yagona til – andoza – qoidalar majmuyi asosida ishlaydi.
INTERNET tarmog‘i istalgan axborotni zamon va makoniga bog‘liq bo‘lmagan xolda olish imkoniyatini yaratib beradi.
Apparat va dasturiy vositalarning rivojlanishi, mukammalligi va shu bilan bir qatorda, ko`rinishidan soddaligi, ko`pchilik foydalanuvchilar tarmoqlari o`z kuchlari bilan o`rnata oladigan darajaga keltirilgan.
Ammo har bir tarmoq bilan ishlovchi yoki tanishishni xohlagan foydalanuvchi mavjud adabiyotlardan qoniqa olmasligi mumkin. Chunki adabiyotlarning aksariyati ko`p va katta masalalarni bir kitob doirasida qamrab olishga harakat qilingan.
Axborotlarni bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga uzatish muammosi hisoblsh texnikasi paydo bol`gandan beri mavjuddir.
Axborotlarni bunday uzatish alohida foydalanilayotgan kompyuterlarni birgalikda ishlashni tashkil qilish, bir masalani bir necha kompyuter yordamida hal qilish imkoniyatini beradi.
Ayniqsa, Windows operatsion sistemasining oxirgi versiyalarida ancha rivojlangan tarmoq vositalari mavjudligi maxsus tarmoq dasturlarini xarid qilishdan ozod qiladi.
Bundan tashqari, har bir kompyuterni ma’lum bir vazifani bajarishga ixtisoslashtirish va kompyuterlarning resurslaridan birgalikda foydalanish hamda ko`pgina boshqa muammolarni ham hal qilish mumkin bo`ladi.
Yana tarmoqning asosiy texnik ko`rsatkichlaridan biri – katta yuklamada ishlash imkoniyatidir, ya’ni axborot almashish tezligi (yana boshqacha qilib aytganda, katta trafik bilan).
Tarmoqda qo`llanilayotgan axborot almashinuvi boshqaruvchi mexanizm unumli bo`lmasa, u holda kompyuterlar axborot uzatish uchun ko`p vaqt navbat kutib qolishi mumkin.
Navbat kelganidan so`ng katta tezlikda va bexato axborot uzatilsa ham, tarmoqdan foydalanuvchiga baribir tarmoq resurslaridan foydalanish uchun ma’lum vaqt kutishga to`g`ri keladi.
Har qanday axborot uzatishni boshqarish mexanizmi kafolatlangan ravishda ishlashi uchun, oldindan tarmoqqa ulanishi mumkin bo`lgan kompyuterlar, axborotlar soni ma’lum bo`lishi kerak.
Rejalashtirilganidan ko`p kompyuterlarni tarmoqqa ulanishi, yuklamaning oshishiga olib kelishi natijasida har qanday mexanizm ham axborotlarni uzatishga ulgura olmay qolishi tabiiydir.
Nihoyat, tarmoq deb, bu so`zning tub ma’nosi kabi, shunday axborot uzatish sistemasini tushunish kerakki, bu mahalliy bir necha o`nlab kompyuterlarni birlashtirgan bo`lishi lozim.
|
| |