• Wi-Fi simsiz aloqa tarmog’ining keyingi avlodi Li-Fi deb nomlandi.
  • N. E. Duisenov abstract




    Download 0,71 Mb.
    bet5/7
    Sana22.05.2024
    Hajmi0,71 Mb.
    #250078
    1   2   3   4   5   6   7

    INTЕRNЕT BILAN ISHLASH


    HTML va boshqa programma vositalari yordamida tayyorlangan Web sahifalarida foydalanuvchiga tushunarli ko`rinishda tasvirlash uchun maxsus programmalar ishlab chiqilgan bo`lib, bunday programmalar brauzеr programmalar dеb ataladi.


    Hozirda bir nеcha shunday programmalar ishlab chiqilgan bo`lib, ular tabiiy ravishda hujjatlarni ko`rishni turlicha tahrir qiladilar.
    Brauzеr programmalar orasida kеng tarqalgan Microsoft Internet Explorer va Netscape Navigator programmalaridir.
    Birinchi programma tеkinga bеrilsa (albatta, Windows litsеnzion programmasi mavjud bo`lsa), ikkinchisi tijorat shaklida (pulli) tarqatiladigan programmadir.
    Biz asosan Microsoft Internet Explorerga to`xtaymiz, chunki hozirda u Web sahifalarni ko`rishning yuksak quroliga aylandi.
    U Windows da brauzеr emas, hatto shaxrlovchi dеb ham yuritiladi. Buning asosiy sababi, HTML va boshqa programma vositalaridan (Java, java Script) foydalanib tuzilgan Web sahifalarini uning foydalanuvchiga tushunarli ko`rinishda sharxlab bеrishidadir.
    Shunday qilib, brauzеrning asosiy vazifasi URL adrеslarda joylashgan Web sahifalarni kompyutеrga yuklash va uni foydalanuvchiga tushunarli ko`rinishda monitor ekranida ko`rsatib bеrishdir.



    Wi-Fi simsiz aloqa tarmog’ining keyingi avlodi Li-Fi deb nomlandi.


    Y aqinda olimlar ma’lumotlarni o’tkazish uchun mo’ljallangan mutlaq yangi
    texnologiya ustida ishlashni boshlab yuborishgan edi. Bu simsiz interfeys bo’lib,
    uning yordamida oddiy yoritguvchi asboblardan foydalangan holda nurlanish
    maromini buzmay, osongina va tezkorlik bilan ma’lumotlarni o’tkazish mumkin.
    Buning uchun insonning ko’ziga ta’siri judayam kam bo’lgan yorug’lik diodlarining intensivligini tezda va yuqori aniqlikda o’zgartira olish
    qobiliyatiga
    ega texnologiyalardan foydalaniladi. Wi-Fi texnologiyasining ushbu analogi Li Fi (inglizcha, light – yorug’lik so’zidan olingan) deb nomlanadigan bo’ldi.
    M a’lumotlarni o’tkazishda yorug’likdan foydalanish g’oyasi yaqinda paydo
    bo’lgan emas, bunday g’oya bir asr avval ham mavjud bo’lgan. Ilk marta simsiz
    telefon qo’ng’irog’ini amalga oshirgan shaxs Aleksandr Bell bo’lib, bu voqea
    1880-yilda yuz bergan. Bell buni o’zining “Fotofon” deb nomlangan kashfiyoti
    yordamida amalga oshirgan. Yorug’lik yordamida ma’lumotlarni o’tkazishga bo’lgan ilmiy va tijoriy qiziqishlar, asosan, so’nggi yillarda kuchayib ketdi. Tan olish kerakki, bugungi kunda Wi-Fi texnologiyasi shunday ommalashib ketdiki, hozirda undan hatto samolyotlarda, avtobuslarda, muzlatgich va sovutgichlarda, umuman olganda, deyarli barcha turdagi elektronika vositalarida foydalanish mumkin. Biroq, ushbu texnologiya orqali ma’lumotlarni o’tkazish uchun mo’ljallangan kirish nuqtalari (access point) va unga bog’lanuvchi simsiz qurilmalarning ishlashi bir-biriga halaqit berib qolishi mumkin. Bu esa simsiz tarmoqning o’tkazish imkoniyatini pasaytiradi, natijada kishilarda ma’lumotlarni o’tkazishning muqobil variantlarini ishlab chiqish ehtiyoji paydo bo’ldi. .

    U o’tkazgan tajribada ma’lumotlarni o’tkazish tezligi 10 Mbit/s gacha yetdi. Biroq, professor Xaas interfeys tezligini 100 Mbit/s gacha yetkazishni rejalashtirmoqda. Yorug’lik orqali ma’lumotlarni o’tkazish texnologiyasiga ko’pchilikning qiziqishi baland, chunki unda hech qanday radioto’lqinlarsiz ma’lumotlarni simsiz tarmoqda o’tkazish mumkin. Bundan tashqari, neft
    platformalarida, suv ostida, navigatsiya qurilmalari ishlaydigan samolyotlarda radioto’lqinlardan foydalanish ko’pincha ish faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.



    Download 0,71 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 0,71 Mb.