|
Makroslarni makroguruhga birlashtirish
|
bet | 12/101 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 3,88 Mb. | | #145014 |
Bog'liq Access 2 лотин (2)Makroslarni makroguruhga birlashtirish
Ma’lumotlar bazasi bittagina ob’уekti bilan ishlash uchun, o‘nlab makroslar kerak bo‘lishi mumkin, ularning xar biri biror jarayonni avtomatlashtiradi.
Bunday makroslarni alohida ishlab chiqish va navbatma-navbat ishga tushirish mumkin. Lekin bitta ob’уektni ishlatish uchun mo‘ljallangan hamma makroslarni bir guruhga birlashtirib, ularga guruh chegarasida unikal nom berish maqsadga muvofiqdir. Guruhga birlashtirilgan makroslarga bitta makros oynasida murojaat qilish mumkin (Имя макроса ustuni albatta aks ettirilishi kerak). Keltirilgan rasmda makroslar guruhi(makroguruh)ning tarkibi keltirilgan. Xar bir makros boshi uning Имя макроса ustunidagi ismi bilan belgilanadi. Tahrirlash va ko‘rish oson bo‘lishi uchun ikkita qo‘shni makros guruhini bo‘sh satr bilan ajratish maqsadga muvofiq.
Makroslar guruhini yaratish uchun quyidagi amallar bajarilishi kerak.
Guruhlashtirilayotgan makroslar joylashtirilishi kerak bo‘lgan makros Конструктор oynasini oching.
Ekranda Имя макроса ustunini aks ettirish uchun, makroslar ismlari tugmalarini bosing(unda xyz literlari aks ettirilgan)yoki Вид(ko‘rinish) menyusidagi Имена макросов buyrug‘ini ishga tushiring.
Имя макроса ustunining birinchi yacheykasiga birinchi makros nomini kiriting. Misol uchun Test1.
Макрокоманда ustunining yacheykalariga loyihalashtirilayotgan makrosning tanasini tashkil etuvchi makrokomandalarni kiriting.
Keyingi bo‘sh satrni ishga tushiring va Имя макроса maydoniga ikkinchi makros nomini kiriting. Makroslar orasida bo‘sh satrlar qoldirish mumkin.
Qolgan makroslarni yozib, Сохранить buyrug‘i yoramida makroguruhni saqlab qo‘ying.
Makroguruhga kiruvchi makrosni va alohida saqlangan makrosni chaqirish o‘zaro farq qiladi. Открыть tugmasini bosish natijasida makroguruhning faqatgina birinchi makrosi bajariladi. Ma’lumotlar bazasidagi makroguruh nomini ikki marta tez bosish natijasida ham xuddi shu narsa sodir bo‘ladi.
Makrosni makroguruhdan chaqirish makroguruh va makrosni guruhdagi nomini aniq ko‘rsatish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bu nomlar nuqta bilan ajratiladi. Agar makroguruh ma’lumotlar bazasi все Макросы nomida kerakli makros esa -Test1 nomga ega bo‘lsa makrosni chaqirish uchun:
|
| |