|
N. G. Mardanova
|
bet | 17/101 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 3,88 Mb. | | #145014 |
Bog'liq Access 2 лотин (2)ACCESS hodisalari
Odatda hodisalarni foydalanuvchi harakati keltirib chiqaradi. Foydalanuvchi tomonidan ishlab chikilgan harakatlarga bog‘liq ravishda hodisani bir necha turga bo‘lsa bo‘ladi:
1. Ma’lumotlar hodisasi.
2. Fokus hodisasi.
3. Klaviatura hodisasi.
4. Sichqoncha hodisasi.
5. Bosmaga chiqarish hodisasi.
6. Filtr hodisasi.
7. Oyna hodisasi.
8. Xatolar hodisasi.
9. Taymer hodisasi.
Ma’lumotlar hodisasi
Bu tur hodisasiga, foydalanuvchi kiritganda, o‘chirganda yoki o‘zgartirganda, xamda bir yozuvdan boshkasiga o‘tganda sodir bo‘luvchi hodisalar kiradi.
Joriy yozuv(Текущая запись)
Joriy yozuv(Current) hodisasi, yana bir yozuv yoki forma ma’lumotlar manbasiga - jadval yoki yozuvga qayta murojat qilish bajarilganda sodir bo‘ladi. Shu yo‘l bilan, u forma ochilishida paydo bo‘lish bilan bir qatorda, bir yozuvdan boshkasiga o‘tganda ham sodir bo‘ladi. Odatda bu hodisa, bog‘langan formalardagi yozuvni sinxronizatsiya qilish uchun ishlatiladi.
Delete'>O‘chirish(Удаление)
O‘chirish hodisasi (Delete) foydalanuvchi formadan hodisani o‘chirib tashlamoqchi bo‘lganda sodir bo‘ladi. U yozuv ma’lumotlar bazasidan o‘chirib tashlanishidan oldin sodir bo‘ladi. Bu hodisani qayta ishlash hodisasi Cancel parametriga ega. Bu parametrga protsedurada true qiymati berilishi yozuv o‘chirilishini oldini oladi.
Del tasdiqlanganicha(До потверждения Del)
Yozuvni ma’lumotlar bazasidan o‘chirilishi shunday katta axamiyatga egaki, u bilan bir nechta hodisalar bog‘liq. O‘chirish hodisasi(Delete)dan so‘ng Access maxsus oyna chiqaradi. Bu oyna yozuv o‘chirilishini tasdiqlashni so‘raydi. Del tasdiqlanganicha (BeforeDelConfirm) hodisasi shu oyna paydo bo‘lishidan oldin paydo bo‘ladi. Ushbu hodisani qayta ishlash protsedurasi ikkita parametrga ega:Cancel va Responce. Cancel parametriga True qiymatini berib o‘chirishni bekor qilish mumkin. Shunda tasdiqlash oynasi ekranga chiqmaydi. Bu o‘chirishni bekor qilish ning yana bir programma yo‘li. Agar Cancel parametriga False qiymati berilsa, Responce parametrini tasdiqlash kerak yoki kerakmasligini aniqlash uchun ishlatish mumkin. Agar Responce=1 bo‘lsa u xolda yozuv tasdiqsiz o‘chirib tashlanadi va agar Responce=0 bo‘lsa Access yozuvni tasdiqlashni so‘rovchi tasdiqlash oynasini chiqaradi. Agar o‘chirishni tasdiqlash oynasi ochilmasa yoki Del tasdiqlanganicha (BeforeDelConfirm) hodisasi chikmasa, Параметры(Options)(Правка и Поиск qo‘shimcha sahifasi Потверждение guruxi) oynasining Изменение записей(Record Changes) bayroqcha ko‘rsatmasini tekshirib ko‘ring.
|
| |