Ma’lumotlar bazasi ob’уektlarida giperko‘rsatkichdan foydalanish
Jadvallar, formalar va Access ma’lumotlariga murojaat sahifalariga giperko‘rsatkichlar joylash mumkin. Bu giperko‘rsatkichlar yordamida shu yoki boshqa ma’lumotlar bazasi ob’уektlariga, Access boshqa ilovalarida yaratilgan xujjatlarga Internetda yoki tashkilot lokal tarmog‘ida joylashgan fayllarga o‘tish mumkin.
Forma, hisobot yoki ma’lumotlarga murojaat sahifalarida yozuv yoki rasm yaratib, giperko‘rsatkich ulash mumkin. Formalar va ma’lumotlarga murojaat sahifalarida tugmalar yaratib, ularga giperko‘rsatkich ulash mumkin. U xolda bu tugmani bosganda giperko‘rsatkich ko‘rsatayotgan xujjatni ko‘rishga o‘tiladi.
Masalan "Borey" (Northwind) ma’lumotlar bazasida "Товары" (Products) formasi "Список tovarov" (Alphabetical List of Products) hisobotni ko‘rishga o‘tish uchun giperko‘rsatkichli tugmaga ega.
Access jadvallarida giperko‘rsatkichlardan foydalanishni ko‘rib chiqamiz. Giperko‘rsatkichlarni qo‘llovchi boshqa ob’уektlar uchun, protseduralar xudi shunday bo‘ladi.
Giperko‘rsatkichni faqat Jadval Konstruktori rejimida "Гиперссылка" (Hyperlink) tipi maydonga qo‘shish mumkin. Giperko‘rsatkichni jadval yoki so‘rov maydoniga qo‘shish uchun:
jadval yoki so‘rovni Jadval rejimida oching.
Joylash nuqtasini "Гиперссылка" tipiga ega bo‘lgan va bo‘sh qiymatga ega bo‘lgan maydonga joylashtiring
Вставка, Гиперссылка (Insert, Hyperlink) komandasini tanlang, Таблица в режиме таблицы (Table Datasheet) instrumentlar panelidagi Добавление гиперссылки (Insert Hyperlink) tugmasini bosing, yoki + klavishalar kombinatsiyasini bosing. Добавление гиперссылки (Insert Hyperlink) dialog oynasi paydo bo‘ladi.
Текст (Text to display) maydoniga giperko‘rsatkich akslantirishi kerak bo‘lgan matnni kiriting, Адрес (Address) maydoniga bo‘lsa giperko‘rsatkich ko‘rsatishi kerak bo‘lgan fayl yo‘lini yoki URL ini kiriting.
Giperko‘rsatkich lokal diskda yoki tarmoqda (lokal yoki global) joylashgan faylga ko‘rsatishi, joriy ma’lumotlar bazasi ob’уektiga ko‘rsatishi, xali mavjud bo‘lmagan sahifaga xamda elektron pochta adresiga ko‘rsatishi mumkin. Siz ishlagan xujjatlar adreslarini tez izlash va kiritish, xamda giperko‘rsatkich ko‘rsatishi lozim bo‘lgan ob’уekt adresi to‘g‘ri formatini bilmasangiz ilovali paneldan foydalaning. Masalan ma’lumotlar bazasi ob’уektiga giperko‘rsatkich yaratish uchun Объектом в базе данных (Object in This Database) ilovasiga cherting va paydo bo‘lgan ierarxik ro‘yxatda kerakli ob’уektni ajrating.
Lokal diskda fayllarni izlash uchun dialog oynasi instrumentlar panelidagi Поиск файла (Browse for File) tugmasidan foydalanish mumkin. Bu tugma Сшивать с файлом (Link to File) dialog oynasini ochadi, bu oynada kerakli faylni ko‘rsatib, OK tugmasini bosish lozim.
Giperko‘rsatkich ko‘rsatishi kerak bo‘lgan Web-sahifani izlash uchun Интернет (Browse the Web). Tugmasini bosing. Internet Explorer dasturi ishga tushadi. Xujjat adresi avtomatik ravishda Адрес maydoniga kiritiladi.
Sichqoncha ko‘rsatkichini giperko‘rsatkichga keltirganda avtomatik ravishda so‘zib chiquvchi yordamchi qator aks etishi uchun Podskazka(ScreenTip) tugmasini bosing. Natijada Подсказка для гиперссылки (Set Hyperlink ScreenTip)dialog oynasi paydo bo‘ladi. Yordamchi matnni kiriting va OK tugmasini bosing.
OK tugmasini bosing. Giperko‘rsatkich Access jadvali maydoniga joylashtiriladi
Giperko‘rsatkich yaratganda resurs yo‘li yoki adresini absolyut yoki nisbiy formatda ko‘rsatish mumkin. Mumkin bo‘lsa nisbiy giperko‘rsatkichlardan foydalanish kerak, chunki bu xolda o‘zaro bog‘langan fayllarni o‘z ichiga olgan papkalar guruhi ichida ko‘chishda xama giperko‘rsatkichlar korrekt bo‘lib qoladi va qo‘shimcha o‘zgartishlarni talab qilmaydi. Nisbiy yo‘lda bir daraja yuqori papka uchun MS-DOS belgisi qo‘llanadi :.. \
Shu papkadagi faylga nisbiy ko‘rsatkich: FileName. doc
Bir daraja yuqori papkadagi faylga nisbiy ko‘rsatkich:.. \FileName. doc
Joriy papka ichidagi Docs papkasidagi faylga nisbiy ko‘rsatkich: Docs\FileName. doc
Nisbiy ko‘rsatkichlarni sozlash uchun asosiy adres o‘rnatish mumkin:
Giperko‘rsatkichlar asosiy adresi o‘rnatilishi kerak bo‘lgan ma’lumotlar bazasini oching.
|