194
11.4-rasm.
Tarmoq filtri.
2. O‘z navbatida raqamli sxemalar
1–2 V amplitudali xalallarga ham juda
tasirchan bo‘ladi. Bu sharoitni hisobga
olib, binodagi barcha elektr simlar turli
xil xalallarni qabul qiladigan katta
antenna sifatida ishlaydi, deb aytishimiz
mumkin. Tarmoq kuchlanishini bu xalal
va tebranishlardan tarmoq filtri, ya’ni
stabili
zatorlar yorda
mida xalos qilish
mumkin (11.4-rasm).
Tarmoq filtrining texnik ko‘rsatkich lari quyida keltirilgan:
– yuklama quvvatining yig‘indisi – 2,2 kW;
– yuklamaning nominal toki – 10 A;
– cheklovchi ko‘tara oladigan xalal toki – 2,5 kA dan kam emas;
– maksimal yutiluvchi energiya – 150 J;
– 100 A tokidagi xalallarga kuchlanishning chegaralangan
darajasi – 700 V.
Bu turdagi qurilmalarda elektr kuchlanishni filtrlash va
barqaror lashtirish bajariladi, tokning va kuchlanashning o‘zga-
rishi bostiriladi – bir so‘z bilan aytganda ular kompyuter va
elektr ta’minoti zanjiri orasi da buferli kaskad vazifasini bajaradi.
Filtr-stabilizatorlar yuqorida ko‘rib o‘tilgan sakrashlarni chek-
lovchi qurilmalarning to‘liq o‘rnini bosadi.
Bu asboblarning tuzilishi juda murakkab bo‘lib, ularning
tarkibiga transformatorlar, kondensatorlar va chiqish kuchlani-
shining doimiy sathini ushlab turuvchi elementlar kiradi.