188
ta’min laydi, biroq qo‘shimcha elektr energiyasini talab etadi va
yuqori ishonchlilikka ega emas. Ventilatorlarda ko‘pincha arzon
mexa
nizmlardan
foydalaniladi, shuning uchun ham ular tez
buzi ladi, bu esa protsessorning tez qizib ketishiga va tizimning
ishdan chiqishiga olib keladi.
Ta’minot blokidagi va protsessordagi ventilatorlar ko‘p
hollar da yuqori tezlikdagi tizimlarda yetarli darajadagi sovitishni
ta’minlab bera olmaydi. Hech bo‘lmasa bitta qo‘shimcha
ventilator bilan jihozlan
gan tizimli bloklarni olish tavsiya
etiladi. Odatda, u blokning old qismiga joylashtirilgan bo‘lib,
tashqaridan havoni tortib oladi va uni tizimli plataga yo‘naltiradi.
Ayrimlarida diskli jamlagichlar bo‘limining yonida
yana bitta
ventilator joylashgan bo‘lib, u ham sovitish uchun mo‘ljallangan.