182
foydalanuvchilarni quvvatlovchi va murakkab faylli so‘rovlarga
ishlov beruvchi Windows NT/2000
operatsion tizim
larini
server sifatida qo‘llashda ayniqsa muhim. SCSI interfeysi ATA
ga nisbatan universal hisoblanadi, chunki u skanerlar,
magnit
tasmali jamlagichlar, optik disk yurituvchilar, qattiq disklar va
almashinuvchi tashuvchilardagi jamlagichlar kabi 7 ta dan 15
tagacha turli qurilmalarni ulash imkonini beradi.
Ayrim tizimli platalarda ikkita bir xil IDE qattiq diskni
ulab (masalan, 2 ta 80 Gbayt hajmli) bitta 160 Gbayt hajmli
diskdek foydalanish imkoniyatini beruvchi
RAID bilan moslasha
oladigan ATA interfeysi qo‘llaniladi. Ko‘pincha zamonaviy
tizimli platalar Serial ATA (SATA) interfeysini qo‘llaydi, va
ularning ba’zilari RAID massivlari bilan ham moslashgan. SATA
interfeyslari ATA ga nisbatan ma’lumotlarni yuqori tezlikda
uzatishiga qaramay, amalda SATA jamlagichlarining unumdorligi
ATA jamlagichlari bilan bir xil. Shunga qaramay, SATA
jamlagichlarini tanlash – optimal qarordir (agar tizimli plata
mos bo‘lgan interfeysni qo‘llasa). Bu, ma’lumotlar kabelining
o‘lchamini kamaytirish va kelajakda SATA jamlagichlarining
unum dorligini oshirish bilan bog‘liq.
Deyarli barcha tizimlarda USB 2.0 portlari mavjud.
Bundan
tashqari ko‘pgina kompyuterlarda tizimli plata yoki RSI plata
ichiga joylashtirilgan IEEE – 1394a (FireWire 400) portlari ham
bor. FireWire 400 yoki USB 2.0 interfeysli jamlagichlarning
unumdorlik darajasi ATA disk yurituvchilari bilan bir xil. Lekin
yuqorida keltirilgan qattiq disklarning ikki tipini qo‘shimcha
xotira
qurilmalari sifatida yoki asosiy qattiq diskning zaxirali nusxasini
yaratish uchun qo‘llash ma’qul. Mashhur kompaniyalar ishlab
chiqargan qattiq diskdagi jamlagichlari deyarli bir xil unumdorlikka
ega va narxi hamda sifati bo‘yicha unchalik katta farq qilmaydi.
Aniq bir ishlab chiqaruvchilarning turli ATA va SCSI qattiq
disklarining imkoniyatlari va tavsiflari sezilarli darajada o‘xshash.
183
Bu qattiq disklarning bir tipli ishlab
chiqaruvchi tomonidan
birdaniga ikki interfeys uchun mo‘ljallanganligi bilan bog‘liq.
Masalan, mantiqiy sxemaga qo‘shilgan, qo‘shimcha interfeysli
SCSI mikrosxemali ATA qattiq diski ancha yuqori narxdagi SCSI
interfeysli qattiq diskka aylanadi.
Zamonaviy tizimlarda SATA ketma-ketli interfeys ishlatiladi.