181
Ba’zi tizimli platalarda parallel/ketma-ket portlar va
sichqoncha porti o‘rniga faqat USB portlar ishlatiladi. Ko‘pgina
Micro-ATX tizimli platalarda plataning o‘ziga joylashtirilgan
tovush va video adapterlar mavjud bo‘ladi.
Tizimli plataning o‘ziga joylashtirilgan barcha portlar
bevosita tizimli plata mikrosxemalari to‘plami tomonidan
yoki qo‘shimcha Super I/O mikrosxemasi hamda interfeysli
komponentlar tomonidan quvvatlanadi.
Tizimli plataning o‘ziga joylashtirilgan videoadapter va
tovush interfeyslaridan foydalanish kengaytirish slotlarini
bo‘shatish va tejash imkoniyatini beradi.
Bitta tizimli platada qo‘llanilayotgan to‘rtta va undan ortiq
USB port, odatda, ikkita USB shinalari bo‘yicha taqsimlanadi.
Bunda bitta razyomlar to‘plami plataning orqa qismida, boshqa
to‘plami tizimli platada joylashadi. Bu razyomga ulanadigan
kabel, ikkinchi USB shinasidagi portni tizimli blokning old
paneliga olib chiqish imkonini beradi. USB portlarining bunday
joylashuvi ko‘pchilik zamonaviy g‘iloflarda ishlatilmoqda, bu
esa o‘z navbatida MR3, raqamli kamera lar kabi qo‘shimcha
qurilmalarni ulashni ancha osonlashtiradi.