174
lashuv va yuqori unumdorlikni ta’minlovchi komponentlar yakka
tartibda tanlanadi.
Agar kompyuter xaridor tomonidan taklif qilingan ro‘yxat
bo‘yicha yig‘ilayotgan bo‘lsa, uning testdan o‘tkazilishi shartli
ko‘rinishga ega bo‘ladi, ya’ni faqat uning ishlash xususiyatlari
tekshiriladi. Bunday holatda, ya’ni komponentlarning
bir-birlari-
ga unchalik mos bo‘lmagan holda o‘rnatilishi oqibatida tizim un-
umdorligi ko‘pincha qoniqarsiz bo‘ladi.
Savdo shahobchasidan harid qilingan kompyuter apparat
darajasida mustaqil xizmat ko‘rsatishni talab etmaydi. Bunday
kompyuterni mustaqil tarzda yangilashga
urinish kutilmagan
va noxush natijalarni berishi mumkin. Masalan, ayrim firmalar
g‘iloflarning noyob
standartlarini ishlatadilar, shuning uchun
kengaytirish platalarining formatlari ularga mos
kelmasligi
mumkin. Kompyuterning apparat qismlarini yakka tartibda
(moslab)
tanlamay almashtirish, kutilgan unumdorlikning oshish
ko‘rsatgichlarini bermasligi mumkin.