• Protsessor. Sotuvda protsessorlarning asosiy ikki turi mavjud: Intel va AMD – « zichlangan
  • Tizimli plata.
  • Elektr ta’minot bloki bilan g‘ilof




    Download 8,13 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet125/143
    Sana17.05.2024
    Hajmi8,13 Mb.
    #240066
    1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   143
    Bog'liq
    shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish

    Elektr ta’minot bloki bilan g‘ilof. 
    Elektr ta’minot bloke, 
    odatda, g‘ilofga o‘rnatilgan bo‘ladi. Uning bir qancha modifi-


    176
    katsiyalari mav jud, biroq ATX platalar uchun yangi konstruk-
    siyalar ommaviy tarqalgan. Quyida eng mashhur shakllarning 
    standartlari keltirilgan:
    – Full Tower (baland minora).
    – Mini – Tower (kichik minora).
    – Desktop (stol usti).
    – Low Profile (yassi g‘ilof, Slimline deb ham ataladi).
    G‘ilof harid qilishdan oldin kompyuterga o‘rnatiladigan 
    apparat ta’minotini aniqlab olish zarur.
    Shunday qilib, agar sizga kelajakda kompyuterni takomillash-
    tirishda to‘sqinlik qilmaydigan g‘ilof va elektr ta’minot bloki 
    kerak bo‘lsa, shunday konfiguratsiyani tanlangki, u ATX tizimli 
    platalar konstuksiyasini qo‘llab quvvatlasin.
    Elektr ta’minot blokini harid qilayotganda, tizimga 
    o‘rnatiladigan qurilmalar sonini hamda is’temol qiladigan 
    kuchlanishni hisobga olish kerak bo‘ladi.
    Protsessor. 
    Sotuvda
     
    protsessorlarning asosiy ikki turi mavjud: 
    Intel va AMD – «
    zichlangan
    » va OEM (Original Equipment 
    Manu facturer – original qurilmalar ishlab chiqaruvchi)-protses-
    sorlari. Bir xil texnik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan turli tipdagi 
    protsessorlar majmualari, masalan, qo‘shimcha komponentlarning 
    bor-yo‘qligi va kafolat muddati bilan farqlanadi.
    AMD-«zichlangan» va OEM-protsessorlarning asosiy 
    farqi ularning fizik komponovkasidir. Ushbu ikkala turdagi 
    protsessorlar ham sotuvga qadoqlangan ko‘rinishda keladi. 
    «Zichlangan» Intel yoki AMD protsessorlar ulardan tashqari, 
    issiqlikni qaytargich, sovitish ventilatori, o‘rnatilishi bo‘yicha 
    ko‘rsatma, haqiqiyligi haqidagi sertifikat, kafolat majburiyatlari 
    solingan, yorqin bo‘yoqlar bilan bezatilgan qutilarda hamda bu 
    qutining old qismida «Intel inside» yoki «AMD instead» yelimli 
    qog‘oz yopishtirilgan holda (10.1-rasmda tasvirlangandek) 
    yetkazib beriladi.


    177
    OEM protsessorlari 10 tadan 10 
    qator qilib joylashtirilgan katta quti-
    larda yetkaziladi. Issiqlikni qaytargich, 
    sovitish ventilatori, o‘rnatilishi bo‘yicha 
    ko‘rsatma, sertifikat, kafolat majbu­
    riyatlari kabi hech qanday hujjatlar 
    takdim etilmaydi.
    E’tibor qaratishimiz kerak bo‘lgan 
    tizimli platalarda quyidagi razyom 
    qismlari mavjud bo‘lishi kerak:
    – Ikkinchi avlod Intel Pentium 4 
    protsessorlari uchun – Socket 478;
    – Athlon 64 protsessorlari uchun – Socket 754;
    – Athlon, Athlon XP va Duron pro tsessorlari uchun – Socket A.
    Tizimli plata. 
    Tizimli platani tanlash g‘ilof turi va plataning 
    hajmlarini aniqlab beruvchi standartlar bilan belgilanadi. 
    Hozirda tizimli platalarda ishlatilayotgan zamonaviy standartlar 
    quyidagilar:
    – ATX;
    – Micro-ATX;
    – Flex-ATX;
    – NLX;
    – Mini – ITX.
    Tizimli plata ayni vaqtda o‘rnatilgan protsessornigina emas, 
    kelajakda uning o‘rniga almashtiriladigan protsessorlarni ham 
    qo‘llay olishiga ishonch hosil qilish lozim. Masalan, agar Socket 
    A tizimli plata tanlangan bo‘lsa, u shina chastotasi 333 MHz 
    bo‘lgan Athlon protsessorini hamda Athlon 2800+ va Athlon 
    3000+ protsessorlarini quvvatlashini tekshiring. Socket 478 
    razyomli tizimli plata, ishchi chastotasi 3,06 GHz yoki undan 
    ortiq bo‘lgan Pentium 4 protsessorlari singari Hyper-tThreading 
    texnologiyasini ham qo‘llay olishi kerak. Ayrim hollarda tizimli 
    BIOS ni yangilashga to‘g‘ri keladi.
    10.1-rasm.

    Download 8,13 Mb.
    1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   143




    Download 8,13 Mb.
    Pdf ko'rish