175
Takomillashtirishni rejalashtirish
vaqtida kompyuterning
barcha elementlarini to‘rtta asosiy toifaga ajratish mumkin.
Birinchi toifaga ona plata ta’alluqlidir. U kompyuterning
barcha interfeyslarini o‘zida
jamlaydi va har qanday
komponentlar o‘rtasidagi moslikni belgilab beradi.
Ikkinchi toifaga ona plataning imkoniyatlariga qarab
tanlanadigan komponentlar kiradi.
Bularga protsessor, xotira
modullari, tizimli blok g‘ilofi, videokarta kiradi.
Uchinchi
toifaga monitor, disk yurituvchilar,
qattiq disklar,
tovush kartasi va tashqi qurilmalar (printer yoki skaner) kiradi.
To‘rtinchi toifaga tez ishdan chiqadigan moslamalar, ya’ni
katta yuklanish ostida ishlaydigan boshqaruv qurilmalari:
klaviatura, sichqoncha, djoystiklar ta’lluqlidir.
Bugungi kunga kelib kompyuterni noldan (yangidan) yig‘ish,
avvalgidek qiyin tuyilmaydi. Oddiy ShK ni yig‘ish uchun,
odatda, quyidagi, komponentlar ishlatiladi:
– elektr ta’minot bloki bilan g‘ilof;
– tizimli plata;
– protsessor bilan issiqlikni qaytaruvchi element;
– xotira.
– qattiq magnitli disklardagi
jamlagich;
– qattiq diskli jamlagich;
– CD-ROM/DVD jamlagich;
– klaviatura va sichqoncha;
– videoadapter va monitor.
– tovush kartasi va akustik tizimlar.
– ventilator va radiatorlar;
– kabellar;
– qo‘shimcha komponentlar (vintlar, mahkamlovchi element-
lar va h.k.);
– operatsion tizim.