• Mikrosxemalar to‘plami.
  • Xotira. Eski tizimlarning ko‘pchiligida
  • N. I. SodIqova, E. a. KorNIyenko, M. d. XoShimxodjayEva Shaxsiy KoMPyuter va ofis qUrilmaLarIGa texnik xizmat ko‘rSatish




    Download 8,13 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet126/143
    Sana17.05.2024
    Hajmi8,13 Mb.
    #240066
    1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   143
    Bog'liq
    shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish

     Intel 
    Pentium 4 «zichlangan» 
    protsessori.


    178
    Mikrosxemalar to‘plami. 
    Tizimli platani tanlashda ikkinchi 
    muhim (protsessordan keyin) masala, o‘rnatilgan mikrosxemalar 
    to‘plami (chipset) hisoblanadi. Mikrosxemalar to‘plamiga 
    lokal shina kontrollerlari (odatda PCI), kesh-xotira, asosiy 
    xotira, uzilishlar, xotiraga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish va boshqa 
    kontrollerlar kirishi mumkin. Ishlatilayotgan mikrosxemalar 
    to‘plami tizimli plataning unumdorligiga katta ta’sir ko‘rsatadi va 
    quyidagi parametrlarni belgilaydi:
    – kesh-xotira hajmi va tezligi;
    – asosiy xotira hajmi va tezligi;
    – protsessor tipi va tezligi va hokazo.
    Bu mikrosxemalar to‘plami AGP (Accelerated Graphics 
    Port – mukammallashtirilgan grafik port) va USB (Universal 
    Serial Bus – universal ketma-ket shina) qurilmalarining ishlash 
    xususiyatini ta’minlaydi.
    Mikrosxemalar to‘plami tanlanayotganida quyidagi tavsiflarga 
    e’tibor berish kerak:
    – shina chastotasi 266 MHz va undan yuqori;
    – DDR SDRAM yoki RDRAM – xotira;
    – ECC (xatoliklarni tuzatish kodi) xotirani qo‘llay olishi;
    – ACPI ta’minotini boshqarishning kengaytirilgan funksi-
    yalari;
    – AGP 4x/8x;
    – Ultra – ATA/100 interfeysi yoki Serial – ATA;
    – USB 2.0 (yuqori tezlikda ishlaydigan USB port) portini 
    qo‘llashi.
    Ko‘rsatilgan funksiyalar ko‘pgina zamonaviy mikrosxemalar 
    to‘plami tomonidan qo‘llaniladi.
    Xotira. 
    Eski tizimlarning
     
    ko‘pchiligida
     
    ikkinchi daraja kesh-
    xotira tizimli plataning o‘zida o‘rnatilgan. Yangi tizimlarning 
    barchasida bu xotira protsessorning bir qismi sanaladi. Socket 
    7 va Super 7 razyomli tizimli platalarda ikkinchi darajali 


    179
    kesh-xotira hali ham tizimli platalarda o‘rnatilmoqda va u 
    yangilanmaydi.
    Pentium Pro, Pentium II/III/4 va Celeron protsessorlarida 
    ikkinchi darajali kesh­xotira protsessor g‘ilofi ichida o‘rnatiladi. 
    Athlon va Duron protsessorlari tarkibida ham ikkinchi darajali 
    kesh-xotira mavjud, biroq ba’zi tizimli platalarda uchinchi 
    darajali kesh-xotira (L3) deb ataluvchi qo‘shimcha kesh-xotira 
    o‘rnatilmoqda.
    Asosiy xotira, odatda, SIMM, DIMM yoki RIMM modullari 
    ko‘rinishida o‘rnatiladi.
    Bugungi kunda ShK moslashuvchi kompyuterlarda asosiy 
    xotiraning uch xil ko‘rinishi ishlatiladi va ularning har biri 
    bir qancha modifikatsiyalarga ega. Quyida shu mikrosxemalar 
    keltirilgan:
    – 168 kontaktli DIMM (SDRAM);
    – 184 kontaktli DIMM (DDR SDRAM);
    – 240 kontaktli DDR2 DIMM;
    – 184 kontaktli RIMM (RDRAM).
    168 kontaktli DIMM xotira moduli eng ko‘p tarqalgan. 
    Barcha yuqori sinf tizimlarda DIMM qo‘llaniladi, chunki ular 
    64 razryadli hisoblanadi va xotiraning to‘liq banki sifatida 
    qo‘llanilishi mumkin. Pentium 4 protsessori asosida yaratilgan 
    ba’zi zamonaviy va tezkor tizimlar RDRAM RIMM xotiradan 
    foydalanadilar, ularning ishchi ko‘rsatkichlari SDRAM standart 
    xotira ko‘rsatkichlaridan ustun turadi.
    DDR (Double Data Rate) SDRAM xotira ma’lumot uzatish 
    tezligi ikkilangan tezkorlikka ega bo‘lib, standart SDRAM 
    xotiraning yangi varianti. Bu model zamonaviy tizimlarda 
    ishlatilayotgan ommaviy tarqalgan xotira tipi sanaladi.
    184 kontaktli razyomdan foydalanuvchi DDR DIMM va 
    RDRAM RIMM xotira modullari butkul turlicha joylashgan 
    chiqishlarga ega va bir-birlarining o‘rnini bosa olmaydi. Pentium 


    180
    protsessorli kompyuterda xotiraning to‘liq bankini o‘rnatish 
    uchun ikkita 72 kontakli SIMM yoki bitta 168 kontaktli DIMM 
    xotira kerak bo‘ladi. Xotira modullari juftlikni (chetnosti) 
    tekshirish uchun ishlatiladigan har bir sakkiz razryadga yana 
    bitta qo‘shimcha razryad kirgizishi mumkin.
    Bir qator ishlab chiqaruvchilar elektr ta’minoti kuchlanishi 
    oshiril 
    ganda yuqori natijalarga erishayotgan maxsus xotira 
    modullarini ish 
    lab chiqarmoqdalar, masalan, DDR3 uchun 
    qonuniy 1,5 V o‘rniga 1,9 V kuchlanishdan foydalanishni taklif 
    qildilar.

    Download 8,13 Mb.
    1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   143




    Download 8,13 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    N. I. SodIqova, E. a. KorNIyenko, M. d. XoShimxodjayEva Shaxsiy KoMPyuter va ofis qUrilmaLarIGa texnik xizmat ko‘rSatish

    Download 8,13 Mb.
    Pdf ko'rish