186
17 dyuymli ENT monitoriga ekvivalentdir. Ko‘p
hollarda monitorlar
oddiy VGA analogli portga ulanadi, biroq zamonaviy modellar
yangi videoadapterlar ichiga joylashtirilgan DVI razyomlari
bilangina ishlaydi. Agar siz doim monitorning
belgilangan ruxsat
berish xususiyatidan (bu odatda 1024×768) foydalansangiz, u
holda suyuq kristalli (LCD) monitordan foydalanishingiz qulay va
mavqsadga muvofiq bo‘ladi. Agarda ekran ruxsat berish xususiyatini
doimo o‘zgartirib turishga to‘g‘ri kelsa (masalan, kompyuter
o‘yinlari yoki Web-sahifalarini ko‘rish uchun),
u holda ENT
monitorlardan foydalanganingiz ma’qul bo‘ladi.
Videoadapter va monitor regeneratsiyalash chastotasi bo‘yicha
bir-birlariga mos kelishi kerak. Tasvir miltillamasligi uchun
kadrlar chastotasi 72 Hz dan kam (qancha yuqori bo‘lsa, shuncha
yaxshi) bo‘lmasligi kerak. Agar yangi videoadapter 16 mln. rangni
1024×769 ruxsat berish xususiyatida
aks ettirsa va ekranning
yangilanish chastotasi 76 Hz bo‘lsa, monitor esa bu ruxsat berish
xususiyatida faqatgina 56 Hz ni quvvatlasa, videoadapterning
imkoniyatlari to‘liq amalga oshmay qoladi. Monitor qo‘llay
olmaydigan signallarni uzatish uchun
videoadapterni sozlash uni
jismoniy jihatdan nosozlikka olib keladi.
Videoadapterlarni ishlab chiqaruvchilarning barchasi PCI-
Express standartiga o‘tgan, ayrimlari bir vaqtning o‘zida ikkita
monitordan foydalanish imkoniyatini beruvchi PCI videoadapter-
larini ham ishlab chiqarishmoqda. Ma’lum
ilovalar uchun juda
foydali bo‘lgan bu funksiya Windows 2000/XP operatsion tizi-
mida quvvatlanadi. Hozirgi paytda oddiy videoadapterni ikki
kallakli grafik plataga almashtirish optimal qaror hisoblanadi,
chunki ko‘pgina turli tavsiflarga ega zamo naviy videoadapterlar
ikki va undan ortiq monitorlarni quvvatlaydi.
Bu bir tizimga ikki
videoadapterni o‘rnatishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan appa ratli,
drayverli va BIOS mojarolaridan halos bo‘lish imkonini beradi.
Videoadapterni tanlashda videoadapter mikrosxemalari
to‘plamiga va grafik protsessorning tipiga e’tibor bering. Eski
187
deb, belgilab qo‘yilgan grafik mikrosxemalar to‘plamidan
cheklaning, chunki ular kerakli tezkorlikni bermaydi va Windows
ning oxirgi versiyalaridagi funksiyalarni (amallarni) qo‘llay
olmasligi mumkin.