185
Universal ketma-ket shina (USB) asta sekin boshqa standart
kiritish/chiqarish portlaridan foydalanishni siqib chiqarmoqda.
USB interfeysi Plug and Play texnologiyasini qo‘llay oladi va
bitta portga 127 tagacha tashqi qurilmalarni ulash imkoniyatini
beradi hamda bunda USB 2.0 shinasining ma’lumot uzatish
tezligi 60 Mbayt/s ni tashkil etadi. Odatda, tizimli plata ichiga
joylashtirilgan USB-portga USB konsentrator ulanadi, qolgan
barcha qurilmalar bevosita unga ulanadi. Hozirgi paytda USB
portlar deyarli barcha tizimli platalarda mavjud.
USB ga ulanuvchi qurilmalar turi va soni juda ko‘p. Bular ga
modemlar, klaviaturalar, sichqonchalar, CD-ROM disk yurituv-
chilar, akustik tizimlar, djoystiklar, magnit tasmali va yumshoq
diskdagi jamlagichlar, skanerlar, videokameralar, MP3-pleyerlari
va ko‘pgina boshqa qurilmalar kiradi.