193
bo‘lgan bar
cha kuchlanishlar yerga yuboriladi. Ular o‘rtacha
yuklamani bemalol ko‘taradi, ammo juda kuchli sakrashlar
(masalan, to‘g‘ri
dan-to‘g‘ri chaqmoq tushishi) ularni «yorib»
o‘tishi mumkin. Varistorlar katta quvvatni tarqata olmaydilar
va bu vaziyatda, odatda, ular kuyadilar, ya’ni bitta kuchli yoki
ketma-ket kelgan kuchsiz sakrashlardan so‘ng sakrashlarni chek-
lovchi qurilmalar o‘z vazifasini bajarishga qodir emas.
Ba’zi bir sakrashlarni cheklovchi qurilmalarda kuchli
sakrashlar natijasida varistorning kuygan yoki ishlayotganini
aniqlaydigan indikator ko‘zda tutilgan.
Underwriters Laboratories kompaniyasida sakrashlarni chek-
lovchi qurilmalarning ko‘rsatkichlarini belgilovchi UL 1449
standartini ishlab chiqdilar. Bu talablarga javob beruvchi har
qanday filtrdan foydalanish mumkin.