73
Rangli va oq-qora skanerlar mavjuddir. Oq-qora skanerlar
ingichka chiziqli tasvirlarni va yarimtonli tasvirlarni o‘qish im-
konini beradi. Yarimtonli skanerlar kulrangni 256 tagacha sathni
qabul qilish xususiyatiga ega. Rangli skanerlar oq-qora va rang-
li asl nusxalar bilan ishlay oladi. Uzatilayotgan ranglar soni 256
dan 65536 sathgacha tebranadi.
Konstruktiv tuzilishiga qarab skanerlar qo‘l (hand-hold)
skaner lari va stol usti (desktop) skanerlarga bo‘linadi.
Bundan
tashqari, tarkibida bir nechta ko‘rinishdagi skaner va tashqi
qurilmalar (oqimli printer, faks-modem, nusxa ko‘chirish
apparati) imkoniyatini mujassamlashtirgan ko‘p funksiyali
skanerlar ham mavjud. Bu o‘zida
axborotni kiritish, chiqarish va
uzatish vazifalari birlashgan texnik vositadir.
Zamonaviy skaner turlarini ko‘rib chiqamiz.
Qo‘l skaneri
yorug‘lik manbayi va yorug‘lik diodidan tashkil
topgan chizg‘ichdan iborat. Bu qurilma yordamida qandaydir
hujjatni kompyuterga kiritish uchun
skanerlovchi moslamani
mos keluvchi tasvir ustidan keskin harakatlarsiz o‘tkazish
kerak. Odatda, kiritiladigan tasvir kengligi qo‘l skanerlari uchun
4 dyuym (10 sm) dan oshmaydi. Zamonaviy qo‘l skanerlari
kiritilayotgan tasvirlarni avtomatik «yopishtirish»ni ta’minlaydi,
ya’ni alohida kiritilgan qismlardan butun tasvirni shakllantiradi.
yorug‘lik diodli
lazerli
proyeksion
4.5-rasm.