69
Razyomlarni har xil bo‘lishiga qaramasdan, klaviaturalarning
o‘zi aynan
bir xildir, xohlagan vaqtda ularning ulanish
kabellarini almashtirish yoki o‘tish
razyomlaridan foydalanish
mumkin. Ko‘p klaviaturalarda barcha yangi tizimlarga ulanish
imkonini beruvchi mini DIN razyomi standarti bilan
bir qatorda
USB porti ham mavjud.
Kengaytirilgan 101ta tugmali klaviatura shartli ravishda quyi-
dagi sohalarga bo‘linadi:
– bosma belgilar sohasi;
– qo‘shimcha raqamli klaviatura sohasi;
– kursor va ekranni boshqarish sohasi;
– funksional tugmalar sohasi.
Zamonaviy klaviaturaga kiritilgan yangiliklardan biri yechi-
ladigan tugmalarlardan foydalanish imkonining mavjudligidir.
Bu singan tugmalarni almashtirish imkonini beradi
hamda
klaviaturani tozalashni osonlashtiradi. Ko‘p ishlab chiqaruvchilar
klaviatura uchun maxsus ko‘rsatmalar ko‘zda tutilgan andozalar
ishlab chiqaradi.