• Fayl tizimlarini solishtirish
  • NTFS tizimdagi fayl ma’lumotlariga kirish




    Download 8,13 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet44/143
    Sana17.05.2024
    Hajmi8,13 Mb.
    #240066
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   143
    Bog'liq
    shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish

    NTFS tizimdagi fayl ma’lumotlariga kirish.
    NTFS tizimi tarkibida bir necha oqimlar bo‘lgan fayllardan 
    foydalanish imkonini beradi. Mana shu oqimlardan biri asosiy 
    hisoblanadi. Masalan, diskga boshqa fayl tizimidagi fayl 
    nusxa langanda, faqat asosiy oqim qayta yoziladi. Lekin agar 
    faqat NTFS tizimidan foydalanilgan bo‘lsa, fayl qo‘shimcha 
    ma’lumotlarni ham o‘z ichiga olishi mumkin.
    Fayl tizimlarini solishtirish
    . FAT 16 fayl tizimi kichik 
    sig‘imdagi disklar uchun optimal bo‘lib qolmoqda. U eng tez 
    bo‘lgani uchun, unga o‘lchami mos keladigan disklarda bo‘sh 
    qolgan klasterlar hisobiga maydon yo‘qotishlardan voz kechish 
    imkoni bo‘lsa, ishlatilishi mumkin. Shuningdek, bu tizimdan 
    turli xil operatsion tizimlar foydalanayotgan disklarda qo‘llashga 
    to‘g‘ri keladi, masalan, ko‘p tizimli kompyuterlarda.
    Katta o‘lchamli disklar uchun FAT32 yoki NTFS tizimlari 
    qo‘llaniladi, bunda tanlash muammosi birinchi darajada 
    turmaydi. Windows 95/98/Me oilasi operatsion tizimlari faqat 
    FAT32 ni qo‘llaydi. Windows NT/2000/XR oilasi uchun ko‘plab 
    operatsion tizimlar vositalari foydalanish uchun optimallashgan 
    NTFS tizimi «qadrdon» hisoblanadi. Bu holda FAT32 tizimini 
    qo‘llanilishi moslashuvchanlik talablari bilan belgilanadi.
    «Issiqxona» sharoitlarida NTFS fayl tizimi yanada sama-
    ralidir. Birinchidan, NTFS tizimida fayl operatsiyalarining 
    ishonchliligi yuqoridir. Diskga yozish tizimi shunday tashkil 
    qilinganki, fayl tizimida mantiqiy xatolarning vujudga kelishi 


    63
    mustasno. Tizim hatto to‘satdan elektr manbayi o‘chib qolganida 
    ham kelishmovchi likdan kafolatlangan. Bunda oxirigacha olib 
    borilmagan har qanday operatsiyani «yurgizish» imkonini 
    beruvchi, tranzaksiyalar mexanizmidan ifoydalanish yo‘li bilan 
    erishiladi. Ikkinchidan, NTFS fayl tizimi katta o‘lchamdagi 
    kataloglar va katta ma’lumotlar hajmi bilan samarali ishlaydi. 
    Aksincha, kichik hajmdagi disklar bilan ishlash samaradorligi 
    katta emas. Bunda tezkor xotiraga bo‘lgan talablar juda katta: 
    agar kompyuter xotirasi hajmi 128 Mbaytdan oshmasa, NTFS 
    afzalliklaridan to‘liq hajmda foydalanib bo‘lmaydi.
    FAT32 va NTFS fayl tizimlarida fayllarni fragmentat-
    siyalashning ta’siri nihoyatda jiddiy. Fragmentatsiyalash bilan 
    belgilangan unum dorlikning pasayishi, FAT16 tizimiga qaraganda 
    yuqori, garchi bu avva 
    lambor, ma’lumotlar hajmining o‘sishi 
    bilan bog‘liq. Ayniqsa, qismlash muammosi NTFS tizimidan 
    foydalanganda vujudga keladi. Kataloglarga disk maydonining 
    kattagina hajmi ajratilganligi uchun, kataloglarni ham qismlash
    mumkin. Garchi NTFS tizimi qismlangan ma’lumotlar bilan deyarli 
    qo‘shimcha xarajatlarsiz uddalagan bo‘lsa ham, qattiq disk o‘qish/
    yozish moslamasi holatiga o‘tish bo‘yicha mexanik operatsiyalar 
    bari bir ma’lumotlardan foydalanish tezligini ka maytiradi.
    Windows NT/2000/XP oilasi operatsion tizimlari tarkibiga 
    kiritilgan standart defragmetatsiyalash algoritmi optimal emas.

    Download 8,13 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   143




    Download 8,13 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    NTFS tizimdagi fayl ma’lumotlariga kirish

    Download 8,13 Mb.
    Pdf ko'rish