60
3.6-rasm.
FAT asosidagi tizimda fayl ma’lumotlariga kirish.
FAT16 tizimi – eng ixcham (minimum xizmat axboroti) va
tez tizim. Shuningdek, uning ulug‘ yoshi
maksimal universallikni
kafolatlaydi; FAT16 uchun belgi qo‘yib chiqilgan qattiq diskni
nafaqat MS-DOS yoki Windowsda, balki ko‘pchilik boshqa
operatsion tizimlarda ham o‘qish mumkin. Xuddi shunday
ommaboplikka boshqa hech qaysi fayl tizimlari ega emas. FAT16
fayl tizimi jiddiy kamchiliklar sababli qo‘llanilmaydi.
Birinchidan, klasterlarning umumiy soni 65 536 (2
16
) dan
oshishi mumkin emas. Bu diskning
maksimal hajmini va unda
joylashgan fayllarning eng so‘ngi sonini cheklaydi. FAT16 fayl
tizimi klasterning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan o‘lchamining
kattalashishi yo‘li bilan rivojlandi va oxirgi versiyada 32
Kbaytgacha (Windows NT/2000/XP da 64 Kbaytgacha) hajmga
ega bo‘lgan edi. Bunda mantiqiy diskning maksimal hajmi 2
(yoki 4) Gbayt dan oshishi mumkin emas, bu esa zamonaviy
tizimlar uchun juda kamlik qiladi.
Bundan
tashqari, klasterlar faqat butunligicha ishlatiladi.
To‘lmagan «klaster qoldig‘i»ni fayl tugagandan so‘ng ishlatib
bo‘lmaydi – bu maydon bo‘sh qoladi. O‘rtacha yo‘qotishlar qiymati
har bir fayldagi
klaster hajmining yarmini, har bir kompyuterda ko‘p
61
bo‘lgan mayda fayllar uchun esa yanada ko‘proq qiymatni tashkil
etadi. 1–2 Gbayt hajmli disklar uchun befoyda yo‘qotishlar umumiy
hajmning 20–40 foizini tashkil qiladi. Mana shu sabablarga ko‘ra
FAT16 fayl tizimi faqat 500 Mbaytdan
kichikroq hajmli disklar
uchun optimal variant bo‘lib qolmoqda.