• 3.3. Diskni bo‘lish va formatlash
  • N. I. SodIqova, E. a. KorNIyenko, M. d. XoShimxodjayEva Shaxsiy KoMPyuter va ofis qUrilmaLarIGa texnik xizmat ko‘rSatish




    Download 8,13 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet39/143
    Sana17.05.2024
    Hajmi8,13 Mb.
    #240066
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   143
    Bog'liq
    shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish

    No-ID 
    deb ataluvchi
     yozuv 
    ishlatiladi.
    Ko‘rsatilgan xizmatchi axborot sohalaridan tashqari har bir 
    sektor 512 bayt sig‘imli ma’lumotlar sohasini o‘z ichiga oladi. 
    Quyi darajali (jismoniy) formatlashda hamma ma’lumotlar baytiga 
    ba’zi qiymatlar beriladi, masalan, F6h. Jamlagichlarning elektron 
    sxemalari ba’zi shablonlarni kodlash va dekodlanishini katta 
    qiyinchilik bilan amalga oshiradi, chunki bu shablonlar faqat 
    ishlab chiqaruvchi tomonidan dastlabki formatlash jarayonida 
    bajariladigan disk yurituvchini testlashda ishlatiladi. Maxsus test 
    shablonlarini qo‘llash ma’lumotlarning oddiy shabloni yordamida 
    topilmaydigan xatolarni aniqlashga imkon beradi.
    Diskdagi sohalar diskni formatlash vaqtida vujudga 
    keladi. Xuddi shu vaqtning o‘zida ularga xizmatchi axborot 
    ham yoziladi. Diskni formatlash vaqtida har bir sektorning 
    ma’lumotlar sohasi soxta qiymatlar bilan to‘ldiriladi. Disk 
    formatlangandan so‘ng ma’lumotlar sohasiga oddiy yo‘l 
    bilan axborotni yozish mumkin. Sektor sarlavhasi va natijasi 
    tarkibidagi axborotlar oddiy ma’lumotlar yozish operatsiyasida 
    o‘zgarmaydi. Uni faqat diskni qayta formatlash yo‘li bilan 
    o‘zgartirish mumkin.
    3.3. Diskni bo‘lish va formatlash
    Diskni formatlashning ikki turi mavjud:
    – jismoniy yoki quyi darajali formatlash;
    – mantiqiy yoki yuqori darajali formatlash.
    Qattiq disklar uchun bu operatsiyalar alohida bajariladi. 
    Bundan tashqari uchinchi bosqich ham mavjud bo‘lib, bu bosqich 
    ko‘rsatilgan ikkita formatlash operatsiyalari orasida bajariladigan – 
    diskni bo‘limlarga bo‘lish bosqichidir. Bu bo‘limlarni yaratish bitta 
    kompyuterda bir necha operatsion tizimlardan foydalanilganda 


    56
    talab etiladi. Jismoniy formatlash operatsion tizimning xususiyat-
    laridan va yuqori darajali formatlash ko‘rsatkichlaridan (turli 
    operatsion tizimlar uchun turli bo‘lishi mumkin) qat’iy nazar 
    doimo bir xil bajariladi. Bu bitta qattiq diskda bir necha operatsion 
    tizimlarni mujassamlashtirishga imkon beradi. Bitta jamlagichda 
    bir necha bo‘limlarni tashkil qilishda ulardan har biri alohida 
    tom (volume) yoki mantiqiy diskni (logical drive) ifodalashi 
    yoki o‘zining operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlashi uchun 
    foydalanish mumkin. Tizim tom yoki mantiqiy diskga harfli 
    belgilanishni beradi.
    Shunday qilib, qattiq diskning formatlanishi uch bosqichda 
    bajariladi:
    1. Quyi darajali formatlash.
    2. Diskda bo‘limlarni tashkil etish.
    3. Yuqori darajali formatlash.

    Download 8,13 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   143




    Download 8,13 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    N. I. SodIqova, E. a. KorNIyenko, M. d. XoShimxodjayEva Shaxsiy KoMPyuter va ofis qUrilmaLarIGa texnik xizmat ko‘rSatish

    Download 8,13 Mb.
    Pdf ko'rish