53
tun ga biriktirilgan. Shuning uchun o‘qish/yozish
moslamalari
bir-biridan mustaqil ravishda aylanmaydi va faqat sinxron
harakatlanadi.
Qattiq disklarning ko‘pchilik birinchi
modellarida aylanishning
takrorlanish darajasi 3 600 ayl/min ni tashkil qilgan va hozirgi vaqt-
gacha qattiq disklar uchun deyarli standart bo‘lib hisoblangan.
Ammo hozirgi kunda qattiq disklar aylanish chastotasi oshib ketdi.
Hozirgi kunda ko‘pgina seriyali ish lab
chiqarilayotgan shaxsiy
kom pyuterlardagi jamlagichlar disklar aylanish tezligi 5 400 ayl/
min ni tashkil etadi. Ishchi tavsifl ari yaxshilangan modellarda disk
lar aylanish tezligi 7 200 ayl/min gacha yetadi. 10 000 yoki 15 000
ayl/min aylanish tezligiga ega bo‘lgan jamlagichlar odatda faqat
samaradorligi yuqori ish chi stansiyalar va serverlarda qo‘llaniladi.
Qattiq diskning normal ishlashida o‘qish/yozish moslamalari
disklarga tegmaydi. Ammo elektr manbayining o‘chirilishi va
diskning to‘xtatilishi bilan ular disk yuzasiga tushadi.
Qurilma
ishlayotgan vaqtda o‘qish/yozish moslamasi va aylanayotgan
disk yuzasi orasida juda kichik havo yo‘li (havo yostig‘i)
paydo
bo‘ladi. Agar bu tirqishga chang tushsa yoki tebranish sodir
bo‘lsa, o‘qish/yozish moslamasi «to‘liq harakatda» aylanayotgan
disk bilan «to‘qnashadi». Agar
zarba yetarlicha kuchli
bo‘lsa, moslamaning sinishi sodir bo‘ladi. Buning oqibatida
ma’lumotlarning bir necha baytlari yo‘qolishi, hatto butun
jamlagich ishdan chiqishi mumkin. Shuning uchun ko‘pchilik
jamlagichlarda magnit disklar yuzasi legirlanadi va maxsus moy
bilan qoplanadi, bu har kungi o‘qish/yozish moslamasi «uchishi»
va «qo‘nishi»ni, shuningdek, yanada jiddiy silkinishlarni qurilma
ko‘tara olishiga imkon beradi.
Magnit disklar paketlari zich yopilgan g‘ilof
tarkibida
bo‘lganligi va ularning ta’miri ko‘zda tutilmagani sababli
ulardagi yo‘laklar zichligi juda yuqori, ya’ni bir dyuymga
96 000 dan va undan yuqori (Hitachi Travelstar 80 GH) bo‘ladi.
54
HDA bloklari (Head Disk Assembly – disklar va o‘qish/yozish
moslamasi bloki) amaliy jihatdan to‘liq sterillik holatidagi
maxsus sexlarda yig‘iladi.