57
3.5-rasm.
zonali yozish:
yo‘laklardagi sektorlar soni
diskning markazidan ko‘chishi
darajasida o‘zgaradi.
Sektor
Sektor
Tashqi zona
Ichki zona
3.4-rasm.
Barcha
yo‘laklaridagi sektorlar
soni bir xil bo‘lgan
standart yozish.
Ma’lumotlarni standart yozishda tashqi yo‘laklar maydoni
nihoyat
da samarasiz ishlatiladi,
negaki sezilarli darajada
katta maydon bilan farqlanadigan bu yo‘laklar ichki yo‘laklar
kabi xuddi shu ma’lumotlar miqdorini o‘z ichiga oladi. Past
darajali formatlashda qattiq disk sig‘imini oshirish usullaridan
biri diskning ichki silindrlariga qara
ganda
diskning tashqi
silindrlarida ko‘p miqdordagi sektorlar soni yaratilishidan
iborat.
Zonali yozish usulini qo‘llamaydigan jamlagichlarda, tashqi
silindrlarning yo‘laklari uzunligi ichki
silindrlarga qaraganda
ikki baravar uzun bo‘lishiga qaramay, har bir silindrda bir xil
miqdorda ma’lumotlar saqlanadi. Bu xotira qurilmasi sig‘imining
noratsional ishlatilishiga olib keladi.
Zonali yozishda silindrlar
zonalar
deb
ataladigan guruhlarga
bo‘linadi. Diskning tashqi chekkaga yaqinlashishiga qarab
yo‘laklar ko‘p sonli sektorlarga bo‘linadi. Bitta zonaga tegishli
barcha silindrlarda yo‘laklardagi sektorlar soni bir xildir. Zonalar
soni jamlagich turiga bog‘liq. Ko‘pchilik qurilmalarda ular 10 va
undan ortiq bo‘ladi (3.5-rasm).
Tarkibida joylashtirilgan disk kontrollerlari mavjud bo‘l-
gan SCSI va ATA jamlagichlari turli xil sektorlar soniga ega
58
yo‘laklarni formatlash imkonini beradi. Bu tipdagi jamla-
gichlarga joylashtiriladigan kontrollerlar zonali
yozish algorit-
mini to‘la qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa jismoniy silindr, o‘qish/
yozish moslamalari va sektorlarni ularga mos holdagi man-
tiqiy silindr, o‘qish/yozish moslamalari va
sektorlar soniga
o‘zgartirishga imkon beradi. Natijada jamlagichda bir xil
sektorlar soniga ega bo‘lgan yo‘laklar yaratiladi.